Breaking News

Ukraina: Qochqinlar yanada ko’payishi kutilyapti

Polsha
Polsha

Ukraina-Rossiya urushining 16-kuni Rossiya raketalari zarbasi Ukraina g’arbiga ham ko’chayotgani bilan boshlandi. Ukrainaning Lutsk, Ivano-Frankovsk shaharlari aeroporti o’qqa tutildi.

Hozirgacha to’qnashuvlardan bir qadar chetda bo’lgan Dnepr shahri ham raketa zarbalariga uchragan.

Ukrainalik qochqin: Ustimizga bomba tushmasin deb ibodat qildik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:23 0:00

Kiyev ostonasida to’plangan rus qo’shinlari poytaxtga hujumni tiklashga hozirlanishyapti. Har holda Britaniya razvedkasi shundan ogohlantirmoqda.

Rossiya armiyasining o’nlab kilometrga cho’zilgan harbiy kolonnasi hujumga shaylanayotgan qismlar o’rtasida taqsimlangani xabar qilinadi.

Ukraina armiyasi mudofaani davom ettirmoqda. Chernigov yaqinida kechgan shiddatli janglar natijasida rus qo’shinlari nazoratida bo’lgan bir necha aholi punktlari ozod etilishiga erishilgan.

Urush frontida, shuningdek, diplomatik maydonda ham keskin burilishlar yo’q. Turkiyadagi muzokaralar natijasiz tugadi. Belarusdagi muzokaralarning navbatdagi davrasi qachon o’tishi noma’lum.

Urushning 16-kunidagi asosiy ma’lumot aholi evakuatsiyasiga doir kelishuvning amalga oshayotganidir. Rossiya evakuatsion hududlarda sukunat rejimi amal qilishini e’lon qildi.

Urush manzarasi: 8-mart, 2022

Rossiyaning Su-34 bombardimonchi samolyoti. Xarkov. 
1/19 Rossiyaning Su-34 bombardimonchi samolyoti. Xarkov. 
Ruminiyaga o'tgan qochqin ayollarga 8-martda chegarachilar gul bermoqda
2/19 Ruminiyaga o'tgan qochqin ayollarga 8-martda chegarachilar gul bermoqda
Polshaga o'tgan qochqin 
3/19 Polshaga o'tgan qochqin 
Halok bo'lgan ukrain harbiylarining dafn marosimi. Lvov.
4/19 Halok bo'lgan ukrain harbiylarining dafn marosimi. Lvov.
Yaqinlarini yo'qotgan oilalar dafn marosimida. Lvov.
5/19 Yaqinlarini yo'qotgan oilalar dafn marosimida. Lvov.
Farzandi bilan xaylashayotgan askar. Irpin. 
6/19 Farzandi bilan xaylashayotgan askar. Irpin. 
Himoya chorasi. Odessa. 
7/19 Himoya chorasi. Odessa. 
Urush davom etmoqda
8/19 Urush davom etmoqda
Vayron bo'lgan ko'prik orqali evakuatsiya. Irpin. 
9/19 Vayron bo'lgan ko'prik orqali evakuatsiya. Irpin. 
Evakuatsiya 
10/19 Evakuatsiya 
Shaharni tark etayotganlar
11/19 Shaharni tark etayotganlar
Irpin manzarasi 
12/19 Irpin manzarasi 
Shaharni tark etayotganlar. Irpin. 
13/19 Shaharni tark etayotganlar. Irpin. 
Ukraina himoyasi uchun Kiyevga kelgan ko'ngillilar 
14/19 Ukraina himoyasi uchun Kiyevga kelgan ko'ngillilar 
Nikolayev manzarasi 
15/19 Nikolayev manzarasi 
Rossiya hujumidan so'ng. Mariupol.
16/19 Rossiya hujumidan so'ng. Mariupol.
Bugungi Sumi 
17/19 Bugungi Sumi 
Ukraina harbiy xizmatchilari Sumi viloyatida vayron qilingan Rossiya harbiy mashinalarini tekshirmoqda 
18/19 Ukraina harbiy xizmatchilari Sumi viloyatida vayron qilingan Rossiya harbiy mashinalarini tekshirmoqda 
Rossiya hujumidan so'ng neft omborida yong'in. Jitomir. 
19/19 Rossiya hujumidan so'ng neft omborida yong'in. Jitomir. 
Previous slide
Next slide

Ukraina 11 ta yo’nalish bo’ylab aholi evakuatsiyasi amalga oshirilishini bildirdi, jumladan vaziyat og’ir bo’lgan mamlakat sharqi va so’nggi kunlarda jiddiy janglar kechgan, raketalar zarbasi ostida qolgan Kiyev viloyatidagi shaharlardan.

Evakuatsiyaga imkoniyat yaratilishi ortidan qochqinlar oqimi jiddiy ko’payadi. “Amerika Ovozi” so’nggi kunlarda havo hujumi ostida qolgan Sumi shahridan qochib chiqqan ukrainlar bilan gaplashdi.

Ularning aytishicha, muttasil yog’ilgan aviazarbalar ostidan omon chiqishganini mo’jizaga qiyoslash mumkin. Ammo urush ularning, shuningdek, urush dahshatidan qochib chiqayotgan boshqa minglab ukrainlarning hayotini, keyingi taqdirini mavhum qilib qo’ymoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG