Breaking News

AQSh-Qozog'iston muloqoti/Kazakh-US Talks


AQSh-Qozog'iston muloqoti/Kazakh-US Talks
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi 20-may kuni Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Blinken deydiki, uzoq yillik strategik hamkor hozirda yangi davrga qadam tashlamoqda. Bayden ma'muriyati respublikada siyosiy-iqtisodiy islohotlar avj oladi degan umidda.

Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi 20-may kuni Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi.

Blinken deydiki, uzoq yillik strategik hamkor bo'lmish Qozog'iston hozirda yangi davrga qadam tashlamoqda. Bayden ma'muriyati respublikada siyosiy-iqtisodiy islohotlar avj oladi degan umidda.

Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev xalqqa shuni va'da qilgan. 2022-yilning boshida Qozog'iston bo'ylab norozilik namoyishlari o'tib, ular qonli g'alayonlarga aylangan va o'nlab insonlar halok bo'lgan edi.

Natijada "elboshi" deya ulug'langan oldingi rahbar Nursulton Nazarboyev siyosatdan uzoqlashtirildi. 5-iyunda o'tadigan referendum bosh qomusg kamida 56 o'zgartirish kiritishi, jumladan elboshining rolini yanada cheklashi kutilmoqda.

"Biz Qozog'istonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlab kelganmiz va bu quvvatlov o'zgarmas", - deydi Blinken.

Tileuberdi muzokara arafasida media oldida gapirar ekan, AQSh bilan strategik sheriklikni mustahkamlash uning tashrifdan asosiy maqsadi ekanini aytdi.

Muloqotning katta qismi mintaqaviy xavfsizlik xususida kechgan. Rossiyaning Ukrainadagi urushi, G'arbning Rossiyaga sanksiyalari - har ikkisining ta'siri muhokama qilingan.

Ukrainadagi mojaroda Nursulton netaraf ekanini aytadi. Rossiya bilan chegaradosh Qozog'iston uning yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti hamda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo.

Oziq-ovqat ta'minoti, energetika bozori, moliyaviy tizimlar faoliyati, ikki tomonlama aloqalar - diplomatlarning aytishicha, bu mavzular va ular bilan bog'liq boshqa masalalar ham bugungi uchrashuvda ko'tarilgan.

XS
SM
MD
LG