Breaking News

"Turon" armiyasi uchun fursat yetdimi?


Turkiya sharqidagi Erzurum shahrida o'tadigan ot poygalaridan birida, 5-mart, 2021
Turkiya sharqidagi Erzurum shahrida o'tadigan ot poygalaridan birida, 5-mart, 2021

Qirg’iziston rahbariyati tarqatgan ma’lumotga ko'ra, Cho’lpon-Ota shahrida maslahatga yig’ilayotgan Markaziy Osiyo prezidentlari asosan tashqi tahdidlar va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash haqida gaplashishi kutilmoqda.

Tashqi tahdid deyilganda Ukrainadagi urush tilgan olinmagan, ammo aynan shu urush tufayli dunyodagi vaziyat qayta baholanib chiqilmoqda va bundan Markaziy Osiyo ham xoli emas.

Qolaversa, bu urush mintaqaviy harbiy ittifoqlar qadri o’ta muhimligini ko’rsatgan. Dunyoda bunday ittifoqlarsiz o’z xavfsizligini ta’minlay oladigan davlatlar sanoql, masalan, AQSh, Xitoy va Rossiya.

Markaziy Osiyo respublikalari mintaqaviy ittifoqlarga kirishga majbur, deydi ekspertlar. “Amerika Ovozi” gaplashgan siyosatshunoslar prezidentlarning bu galgi uchrashuvi strategik ahamiyat kasb etadi. Unda harbiy hamkorlik masalasi muhokama qilinishini ehtimoldan xoli emas.

Ozarbayjonlik ekspert: "Turon" armiyasini tuzish kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:06 0:00

Turkiy davlatlari qurolli kuchlari ishtirokida “Turon” armiyasi shakllantirilishi kerak, degan takliflar anchadan buyon yangraydi. Ukraina urushi soyasida bu loyiha yana muhokamada.

“Amerika Ovozi” bu tashabbus ortidagi ziyolilardan biri, ozarbayjonlik harbiy ekspert Agil Rustamzoda bilan suhbatlashdi.

“Turon” armiyasi shakllangan taqdirda turk davlatlariga nima berishi mumkin?

Agil Rustamzoda: Qozog’iston, O’zbekiston, Ozarbayjon ham alohida mustaqil tarzda o’z milliy xavfsizligini himoyalash qudratida emas. Mintaqadagi ikki davlat Rossiya va Eronning qudrati ulardan bir necha barobarga katta. Turkiy davlatlarini xavfsizlik kamari tabiiy bir jarayon. Nega bundan xavotirga tushish kerak tushunarsiz. Bu degani biz darhol bir davlat bo’lamiz. Janob Erdog'an boshqaruvga o’tiradi degani emas. Faqat davlat, jamoatchilikning o’zi xohlasa shunday ittifoqqa erishamiz. Lekin bu hammaga foydali, ya’ni mudofaaga butin kuch tashlamasdan samaraga erishish mumkin. Masalan, sizning mintaqada Xitoy ulkan qudrat, bu himoya uni bir qadar cheklashi mumkin yoki Afg’onistondagi beqarorlikdan kelib chiqilsa, bu juda muhim. Mudofaa va xavfsizlik bu faqat tanklar va samolyotlar emas, bu razvedka xizmati, xavfdan o’z vaqtida ogohlantiruvchi ittifoqchilar ham. Biz hozir yangi tahdidlar davriga kiryapmiz. Buni ko’pchilik tasavvur ham eta olmaydi. Bu tahdidlarga alohida holda qarshi turib bo‘lmaydi. "Turon" shuning uchun ham muhim, ya’ni mentaliteti bir bo’lgan xalqlar, davlatlarning umumiy mudofaasi haqida. Qolaversa, biz Sovet ittifoqi shaklidagi o’zlikni, til, madaniyatni yo’q qiladigan tuzilma haqida gapirmayapmiz, gap NATOga qiyoslash mumkin bo’lgan ittifoq haqida. Hozirgi davr aynan birlashgan mudofaani taqozo etmoqda.

Agar "Turon" armiyasiga doir siyosiy iroda haqida gapiradigan bo’lsak, qaysi davlatlarda bunday iroda bor, qay birida bu yetishmayapti?

Agil Rustamzoda: "Turon" armiyasi tashkil qilinishi Rossiyaga yoqmaydi. Xitoy ham buni qo‘llamasligi aniq. Barcha turkiy davlatlarida siyosiy iroda bor, ammo sharoit yetilishini kutishmoqda. Masalan, Qozog’istondagi vaziyat og’ir, bu mamlakatning 30 foizga yaqini Putinni qo’llab quvvatlaydi, bu hukumatni qo’lini bog’laydi. Ammo qozoqlar uyg‘onmoqda, o’zligiga qaytyapti. Jamoatchilik qutblarga bo’lingan bir sharoitda radikal qadamlar qo’yish qiyin, bu portlashlarga olib keladi. Shuning uchun jamoatchilikda iroda shakllanishini kutish kerak. O’zbekistonda vaziyat biroz boshqacharoq, meni kuzatishimcha jamoatchilik bunday ittifoq shakllanishiga xayrixoh, hukumatda ham siyosiy iroda yo’q emasdek.

Bu loyihada Turkiyaning o’rni ustun. Shundan kelib chiqilsa uning mavqei qanday bo’ladi?

Agil Rustamzoda: Albatta, “Turon” loyihasining asosiy ustuni Turkiya. Lekin, mening nazarimda, bu yerda kimningdir gegemonlik qilishi haqida gap ketmayapti. Turkiyaning o’zi ham shunday shunday xavfsizlik kamari yaratilishidan manfaatdor, mudofaa sohasida ittifoqchilarga muhtoj.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG