Breaking News

Hindiston: Modi davrida millatchilik kuchaydi


Hindiston: din, millatchilik va siyosat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi yanvar oyida yangi hind ibodatxonasining ochilish marosimida qatnashdi. Tahlilchilar fikricha, bu u uchun qayta saylanish kampaniyasining norasmiy boshlanishi. Aprel oyida bo’ladigan saylovda Modi yana g’alaba qozonishi taxmin qilinyapti.

Hindular ibodatxonasining ochilish kunlari Ayodxya shahri bayramona ruhga burkandi. Hind millatchi siyosatchilari tomonidan so’nggi paytlarda tez-tez tilga olayotgan "Ramga sharaflar bo’lsin" hayqirig’i butun shaharni tutdi.

Hinduizm xudosi Ramning tug'ilgan joyi deb hisoblanadigan yangi maskanning ochilishini nishonlash uchun mamlakatning turli burchaklaridan ziyoratchilar, jumladan, Bosh vazir Narendra Modi keldi.

“Xudo Ram tug‘ilgan bu ibodatxona ustida ko‘p mojarolar bo‘lgan. Bugun uzoq yillik kutishdan so'ng ma'bad yana Ramga qaytdi", - deydi ishtirokchilardan biri.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Modining marosimga kelishi hindu saylovchilarining mehrini qozonish va qayta saylanish kampaniyasini boshlab berish uchun mo'ljallangan. Hindiston aprel yoki may oylarida saylov o’tkazadi. Kuzatuvchilar Modi va uning Bharatiya Janata partiyasi qayta saylanishini bashorat qilyapti.

“Menimcha, partiyaning kuchi to‘rtta asosiy omilga bog‘liq. Birinchisi, uning hindutva yoki hindu millatchilik mafkurasi. Ikkinchisi, uning farovonlik va rivojlanishga asoslangan kun tartibi. Uchinchisi – ultramillatchilik, to‘rtinchisi esa Modi brendi”, - deydi ekspert Chetij Bajpai.

Boshqalar Modining iqtisodiy ko’rsatkichlariga ishora qiladi.

"Modining so'nggi 10 yilida juda tez iqtisodiy rivojlanish kuzatildi. U jamiyatning quyi qatlami hayotini ko'tarish uchun imtiyozlar berdi”, - deydi yana bir tahlilchi Pravin Ray.

Muxolifat va tanqidchilarning aytishicha, Modining hind millatchiligi mamlakatdagi hindu ko'pchilikni va musulmon ozchilikni bo'lib tashlamoqda.

Ayodxiyadagi Ram ibodatxonasi 1992-yilda hind millatchilari tomonidan vayron qilingan masjid o‘rniga qurilgan bo‘lib, butun Hindiston bo‘ylab zo‘ravon tartibsizliklarni keltirib chiqargan.

Yangi ibodatxona masjidlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bir paytda ochildi.

“Men 1991-yilda bu yerda edim. Masjid vayron bo'lganda shu yerda bo’lganman. Bundan oldin ham shu yerda bo‘lganman, bugun ham shu yerdaman. Men barcha holatlarga guvohman. Menda hech qanday muammo yo‘q, qo‘rquv ham yo‘q”, - deydi Begampura masjidi boshqaruvchisi Muhammad Ashrafiy.

Ayodxiyadagi ochilishdan bir necha kun o'tib, Hindiston Arxeologik tadqiqot markazi Varanasidagi masjid hindu ibodatxonasi o'rnida qurilganiga oid dalil topganini e'lon qildi. Buning ortidan hind millatchi guruhlari u va hindularga oid joylarda qurilgan boshqa masjidlar umuman masjid deb hisoblanishi kerakmi degan savolni ko’tarib, sudlarni bu haqda qaror qabul qilishga chaqirdi.

Rayga ko’ra, hindular va musulmonlar o'rtasida o'tmishdagi zo'ravonliklarning takrorlanishi ehtimoli yo’q emas.

"Aslida, sodir bo'lgan voqea siyosiy jihatdan juda yomon tashkillashtirilgan”, - deydi u.

“Human Rights Watch” tashkiloti so‘nggi yillarda Hindistonda musulmonlarga qarshi hujumlar kuchayganini aytadi. Huquqbuzarlik sodir etgani da’vo qilingan musulmonlarga nisbatan qonundan tashqari jazo qo’llash holatlari ko’paygan.

Hindiston 1947-yilda Britaniya hukmronligidan mustaqil bo‘lganidan beri musulmonlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG