Breaking News

Olimlar urushning atrof-muhitga ta'sirini o'rganmoqda


Urushning global iqlimga ta'siri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00

Urush olib borayotgan mamlakatlar imkon qadar tezroq janglarda g'alaba qozonishga e'tibor qaratadi. Ular bu ishda atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni hisobga olmaydi. Tadqiqotchilar Ukrainadan G'azogacha bo'lgan urush zonalarida va undan tashqarida harbiy mojarolarning atrof-muhitga qanday ta’sir qilayotganini o’rganmoqda.

G'azodagi urushda 170 000 binoning vayron qilingani, shunchaki, insonparvarlik fojiasi emas; bu atrof-muhit muammosi ham.

"Bu binolarda kimyoviy moddalar, yoqilg'i baklari va ifloslanishni keltirib chiqaradigan boshqa materiallar bo’lishi mumkin. Mavjud yer osti suvlarining ekologik sifati allaqachon yomon va bu hozirgi ziddiyat tufayli yanada yomonlashgan”, - deydi ekspert Linsi Kotrel.

Olimlar Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarning atrof-muhitga ta'sirini baholashga harakat qilmoqda.

Urush bilan bog'liq o'rmon yong'inlari va qurollar ta’siri o’rganilmoqda. Bular odamlar, yovvoyi tabiat va ekotizim uchun jiddiy tahdid, deydi tadqiqotchilar.

"Portlovchi har qanday modda portlaganda yangi yong'inlarni keltirib chiqaradi; u shubhasiz ko'proq kimyoviy moddalar chiqaradi”, - deydi atrof-muhit faoli Nikolay Denisov.

Yevropa, Buyuk Britaniya va AQShda urush bilan bog'liq issiqxona gazlari iqlim o'zgarishiga qanday ta’sir qilishi tadqiq qilinmoqda.

Baydenning atrof-muhit siyosati sarhisobi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00

"Issiqxona gazlari chiqindilarini to'g'ridan-to'g'ri o'lchab bo’lmaydi. Ularni ishlatilgan yoqilg'i yoki yong'in miqdoridan olasiz, shuning uchun bizda turli xil manbalar mavjud", - deydi urush oqibatlarini o’rganuvchi tashabbus vakili Lennard de Klerk.

Ukrainada o'tkazilgan bir tadqiqotning ko'rsatishicha, urushning dastlabki 18 oyida Avstriya, Portugaliya yoki Vengriyaning yillik chiqindilaridan ko'proq issiqxona gazlari ishlab chiqarilgan.

Ammo emissiyalarni o'lchash bo'yicha xalqaro standartlarni tatbiq qilish imkoniyatining yo'qligi hamda harbiy amaliyotlar bilan bog'liq maxfiy hisob-kitoblar tufayli raqamlar bundan ham yomon bo’lishi mumkin.

Iqlim o'zgarishiga qarshi global kurashni yanada yaxshilash uchun bularni o’rganish muhim.

"Agar so'nggi bir necha yil ichida hech narsa o'rganmagan bo'lsak, suv toshqinidan tortib, haddan tashqari haroratgacha bo'lgan ekstremal ob-havo hodisalari, sho'rlanish kabi boshqa ko'plab muammolar eshik qoqib turibdi”, - deydi tadqiqotchi Benyamin Neymark.

Iqlimni ifloslantiruvchilarni javobgarlikka tortish muammoligicha qolmoqda. Amaldagi xalqaro hisobot tizimiga ko'ra, mamlakatlar o'z hududida ishlab chiqarilgan issiqxona gazlari miqdori haqida hisobot beradi. Mojarolar natijasida yuz beradigan emissiyalarni o'lchash bo'yicha esa rasmiy standartlar mavjud emas.

"Olimlar, siyosatchilar yangi ko'rsatmalarni ishlab chiqish uchun sa'y-harakat qilishi kerak", - deydi Rostislav Ban.

AQSh harbiylari Ukraina va G'azodagi urushlarga hissa qo’shmoqda, ammo Pentagon iqlim o'zgarishi tahdidini jiddiy qabul qiladi, deydi Pentagon matbuot kotibi general-mayor Pet Rayder.

"Iqlim o'zgarishi ta'siri haqida gap ketganda, biz buni milliy mudofaa strategiyamizga kiritganmiz. Biz AQSh harbiylari sifatida moslashishimiz va iqlim o’zgarishi paydo qiladigan turli muammolarni hal qilishga tayyor bo'lishimiz kerak", - deydi Rayder.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, atrof-muhit va iqlim o'zgarishi ta'sirini yumshatish eng muhim masala bo'lib qolishi bilan birga, urush zonalarida gumanitar inqiroz va tinch aholining muammolarini hal qilish ham ustuvor ahamiyatga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG