Breaking News

AQShdagi xitoylik muhojirlar jamoasi yangi migrantlar hisobiga kengaymoqda


Amerikaga kelayotgan xitoylik muhojirlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Los-Anjelesning xitoyliklar yashovchi “Chinatown” tumani yangi o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Xitoydan kelgan muhojirlar safiga endi Gonkong, Tayvan va Janubi-Sharqiy Osiyodan kelganlar qo'shilmoqda.

Ko'plab xitoylik amerikaliklar hali ham Los-Anjeles markazidagi tarixiy “Chinatown” dahasida an’anaviy bayramlarini nishonlab va yashab kelayotgan bo’lsa-da, Los-Anjelesning xitoylar eng zich joylashgan hududi San-Gabriel vodiysi hisoblanadi.

Yil sarhisobi: AQShda xitoyliklar ko'paymoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:32 0:00

O'n uch yoshli Jenni Xe xitoylik ko'plab muhojirlarni o'ziga jalb qilgan bu mahallada ukasi bilan o'ynaydi.

Jenni ukasi va otasi bilan Markaziy Amerika orqali kelgan. Uning otasi Xe Xitoy hukumati ortda qolgan oilasini ta'qib qilishidan qo'rqib, yuzini ko'rsatmaslikni so'radi.

“Qayig’imiz ag‘darilib ketdi, keyin qayiqsiz qoldik. Shundan so’ng ikki yarim kunlik yo’lni tropik o‘rmon orqali to‘rt yarim kunda piyoda bosib o’tdik”, - deya eslaydi u.

U o’rmon ichida muhojirlar guruhini yo’qotib ham qo’ydi.

“Oldimizda yoki orqamizda hech kimni ko'rmadim. O'sha paytda bu men uchun ruhiy sinov bo’ldi”, - deydi u.

Jenni Xitoydagi itini va keyinroq ularga qo'shiladigan onasini sog'indi, lekin bu yerdaligidan baxtiyor.

"Men tasavvur qilgan Amerika xavfsiz joy emas edi. Lekin kelganimdan so'ng bu yer juda tinch ekanligini, ayniqsa, odamlar bolalarga mehribonligini ko’rdim", - deydi qizaloq.

Xitoydan boshpana izlab kelgan yana bir muhojir Li Delong ijaraga olingan mashinasida oziq-ovqat yetkazib bermoqda. Ikki yil oldin u Markaziy Amerika orqali kirib kelishda qaroqchilarga yo’liqqan edi.

Li hozir yashab ishlayotgan hududda ingliz tilini bilishga unchalik ehtiyoj yo’q.

“Mening tushuncham shuki, AQSh muhojirlar mamlakati. Turli millatlar o'z jamoalari bilan yashaydi. Men kabi ingliz tilini tushunmaydigan yangi muhojir uchun asosan Xitoy anklavida yashay ma’qul”, - deydi u.

Li uchun yolg'izlik muammo, lekin hayot baribir Xitoydan ko'ra yaxshiroq.

“Bunday muhitda omon qolish qiyin. Xitoyning kelajagiga, ayniqsa Si Zinpin hokimiyatga kelganidan beri umid yo’q. Xitoy iqtisodiyoti borgan sari pasayib bormoqda”, - deydi Li.

Rasmiylarning aytishicha, 2023-yilning oktabridan 2024-yilning apreligacha 27,7 ming xitoylik muhojir janubiy chegara orqali vizasiz AQShga kirishga uringan.

Los-Anjelesga kelgan xitoylik yangi muhojirlar ulardan oldin kelgan xitoyliklar jamoasidan yordam oldi.

Shuningdek, boshqa guruhlar, masalan, mahalliy cherkovlar ingliz tili darslari va bepul uy-ro'zg'or buyumlarini taklif qilmoqda.

Yordamning ko'p qismi norasmiy bo'lib, ishda yoki savdo markazlari va ibodatxonalar kabi yig'ilish joylarida orttirilgan yangi do'stlar tomonidan keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG