Breaking News

AQSh BMTga pulni kesayotgani tashkilotga qanday ta’sir qiladi?


AQSh Prezidenti Donald Tramp uning mamlakati Jahon sog’iqni saqlash tashkilotidan chiqishi haqida e’lon qilishi ketidan Qo’shma Shtatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa agentliklariga ham pulni kesishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot - 23-yanvar, 2025-yil - Isroil G’arbiy Sohilda amaliyot olib bormoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:59 0:00

Qo'shma Shtatlar xalqaro majburiyatlaridan, jumladan Jahon sog'liqni saqlash tashkilotiga a'zolikdan voz kechishi oqibatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining susayishi aytilmoqda.

“2023-yilda AQShning tashkilotga hissasi 18 foiz edi. AQSh eng katta donorimiz”, - deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti so’zlovchisi Tarik Yasarevich.

20-yanvarda prezidentligining ilk kunida Donald Tramp qator farmonlar imzoladi, jumladan BMTning iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga qaratilgan Parij shartnomasidan chiqish haqida ham.

“Xitoy havoni jazosiz ifloslantirishda davom etarkan, Qo’shma Shtatlar o’z sanoatiga zarar yetkazmaydi”, - dedi Tramp.

AQSh qazilma yoqilg’ini ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi davlat ekan, global isishga katta hissa qo’shmoqda.

Tramp BMTda elchilikka nomzod sifatida ko’rsatgan Elis Stefanik Senatdagi tinglovda BMTning Bolalar jamg’armasi YUNISEF va Jahon oziq-ovqat dasturi tashkilotlarining faoliyatini olqishladi, biroq BMTning qochqinlarga yordam beruvchi agentligi BAPORga moliyaviy yordam kesilishini aytdi.

“Soliq dollarlarimiz Amerikaning manfaatlariga qarshi chiquvchi, antisemite bo’lgan, firibgarlik, korrupsiya yoki terrorizm bilan shug’ullanuvchi guruhlarni qo’llab-quvvatlashga sarflanishi kerak emas”, - dedi u.

Tramp birinchi preidentligi paytida BMTning ayrim idoralariga pul ajratishni to’xtatganida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ko’proq moliyaviy yordam berishga qaror qilgan.

Biroq Trampning Ukrainaga yordamni kesishidan xavotirga tushgan bu mamlakatlar hozir Ukraina mudofaasiga urg’u bermoqda.

"AQShda yangi ma’muriyat kelganini hisobga olib, yevropaliklar va ayniqsa Fransiya va Germaniya uchun birlashgan, kuchli va suveren Yevropani mustahkamlash har qachongidan muhimdir”, - deydi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron.

Xitoydan BMTga qo’shimcha pul ajratishni kutish befoyda, deydi bir tahlilchi.

“Xitoy rasmiylari ularning mamlakati iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganini anglab turibdi. Shu sabab ularda ortiqcha pul yo’q. BMT uchun boshqa muqobil sarmoyador yo’q deb qo’rqaman”, - deydi Xalqaro inqirozlar guruhidan Richard Govan.

Tramp AQShni 2015-yilda imzolangan Parij iqlim bitimidan ikkinchi bor chiqarmoqda.

Kelishuvga ko’ra, global haroratni sanoatdan oldingi darajadan ikki darajaga oshirmaslik uchun davlatlar global isishga sabab bo’layotgan uglerod chiqindilarini keskin kamaytirishi kerak.

2021-yilda Trampdan keyin prezidentlikka kelgan Jo Bayden birinchi kundanoq AQShni Parij bitimiga qaytargan.

Ba’zi tahlilchilar bu masalada AQSh pozitsiyasining o’zgaruvchanligi boshqa davlatlarga o’z majburiyatlariga jiddiy yondashmaslikka sabab bo’lishini aytadi.

“Agar Xitoy yoki boshqa mamlakatlarda uglerod chiqindilarini kamaytirish qisqarsa, AQShdan o’rnak olib chiqindilarni kamaytirishmasa, AQSh iqtisodiyotiga ta’sir qiladigan zarar keltirib chiqarishadi, zarar ko’lami global bo’ladi”, - deydi Kornell universitetidan Shila Olmsted.

Atrof-muhit muhofazachilari Trampning Parij bitimidan chiqish qaroriga norozilik bildirishmoqda. AQSh kelasi yili shartnomadan chiqishi bilan Eron, Livan va Yaman kabi dunyoda bitimga a’zo bo’lmagan to’rt mamlakatdan biri bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG