Ilon Mask, Oq uyning tushuntirishicha, Prezident Donald Trampning va shu tariqa hukumatning maxsus xizmatchisi. Unga berilgan vakolatlar keskin tanqid ostida ekan, ma'muriyat unga o'ziga xos rol berilganini ro'kach qilmoqda.
Mask hukumat tizimida o'z elektron pochtasi va Oq uyda idorasiga ega.
Dunyoning eng badavlat odami shunday sharoitlar yaratilgan holda hozir federal sistemani kichraytirish payida. Prezident Tramp unga aynan shu vazifani yuklagan.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ishdan to'xtatilgan. Moliya vazirligining to'lov tizimi tekshiruv ostida.
Kongressdagi demokratlar keskin norozi. Ular nazarida Mask mavhum vakolatlar bilan biror mas'uliyatni qonunan o'z zimmasiga olmagan ravishda tizimning ichida va uni buzmoqda.
Maxsus xizmatchilar, mavjud tartibga ko'ra, 130 kungacha ishlashi mumkin.
Mask buning ustiga "SpaceX" kompaniyasi orqali hukumat bilan biznes shartnomalarga ega, ya'ni manfaatlar to'qnashayotgani ayon.
Maoshsiz ishlayotgani uchun Mask soliq hujjatlarini to'ldirib, shaffof bo'lishi shart emas.
Prezident Tramp deydiki, Mask islohotlar qilishda yordamlashadi va uning faoliyati beqiyos.
"Elon zo'r ishlayapti. U xarajatlarimizni kamaytiradi. Ba'zida qarorlar bizga yoqmasligi mumkin va u xohlagan har narsa ham amalga oshavermaydi. Lekin, bilamanki, u zo'r ishlayapti", - deydi prezident.