Breaking News

BMT ayollarni xavfli virusdan himoya qilishga bel bog'lamoqda


Birlashgan Millatlar Tashkiloti xotin-qizlarni OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)ga yetaklovchi immunitet tanqisligi virusidan himoya qilish maqsadida yangi loyiha boshlamoqda.

Tengsizlik, xo’rlik va adolatsizlik hukmron davlatlarda virusdan ayollar eng ko’p jabr ko’radi, deydi tashkilot rasmiylari.

Besh yilga mo’ljallangan yangi loyihaga xotin-qizlarning o’zi bosh-qosh bo’ladi.

BMT hisob-kitobiga qaraganda, 15-49 yoshlardagi ayollar orasida o’lim va kasallikka yetaklovchi bosh omillardan biri bu VICHdir.

Epidemiya qurboniga aylangan insonlarning yarmi – ayollar ekani ma’lum. Afrika davlatlarida virusga chalingan odamlarning 60 foizi xotin-qizlar.

BMT rasmiylarining aytishicha, kasallik nafaqat qiz-juvonlar, balki bolalar hayotiga ham xavf solmqoda.

“Har yili Afrikada 400 ming kasalmand bola dunyoga keladi – bari VICHga duchor bo’lgan. Dori-darmon bilan ta’minlanmasa, bu bolalarning 30 foizi bir yoshga to’lmasdan nobud bo’ladi”,- deydi tashkilot xodimi Mishel Sidibe.

Bu degani 400 ming ayol vaqtida tibbiy tekshiruvdan o’tmagan, buning uchun imkoniyati bo’lmagan.

"Vaholanki, vaqtida chora ko’rilsa, virus bolaga o’tmagan bo’lar edi", - deydi u.

BMT boshlagan loyiha xotin-qizlar orasida VICH haqida targ’ibot-tushuntirish ishlari olib borish, jinsiy himoya yo’llarini o’rgatish, huquqiy savodxonlikni oshirish, tibbiy xizmat uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi.

XS
SM
MD
LG