Breaking News

Amerikalik afg'onlar qochqin vatandoshlariga yordam berishga tayyor


AQSh harbiy bazasida vaqtincha qo'nim topgan afg'onlar

Afg’onistondan evakuatsiya qilinib, AQShning bir nechta harbiy bazasiga joylangan afg’onlar kelasi bir necha oy ichida turli shtatlarga ko’chiriladi. Eng ko’p odamni Kaliforniya va Texas shtatlari qabul qiladi.

Xalqaro hayot – 22-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:08 0:00

Afg’onlar Tolibon zulmidan qochganidan xursand.

“Bu afg’onlar Amerika ularni o’z bag’riga olganidan minnatdor. “Arab, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo jamoasi” tashkiloti ham ularga uy-joy topishda, asosiy ehtiyojlarini qondirishda ko’p yordam qildi”, - deydi “Amerika-Islom aloqalari kengashi”dan Fayoz Navabiy.

AQSh harbiylariga Afg’onistonda tarjimonlik qilib, Amerikaga maxsus muhojirlik vizasi bilan 2012-yil oxirida kelgan bir odam o’ziga o’xshash vatandoshlariga yordam bermoqda, evakuatsiyaga ulgurmagan afg’onlar taqdiridan xavotirda.

“Odamlar o’lmoqda. Tolibon ularni qidiryapti. Va’dalarida turishmayapti”, - deydi Lutfulla Saodat ismli muhojir.

Unga ko’ra, Afg’onistonda o’nlab oilalar, jumladan AQSh qo’shinlariga yordam bergan akasi qo’rquvda yashamoqda.

BMTning Qochqinlar bo’yicha oliy komissariati so’nggi 40 yilda Afg’onistondagi mojarolar millionlab odamlarni mamlakatni tark etishga majbur qilganini ma’lim qiladi. 90 foizi hozirda Eron va Pokistonda yashamoqda.

Sobiq tarjimonning aytishicha, AQSh va ittifoqchi davlatlar harbiylariga Afg’onistonda yordam bergan odamlardan yuz o’girmasligi, Tolibonga bosim qo’yib, inson huquqlarini hurmat qilishlarini talab qilishi kerak.

“Tolibon yaxshi hukumatga, ya’ni bir qabila yoki bir siyosiy partiya vakillari emas, barcha elatlar namoyondolarini o’z ichiga olgan inklyuziv hukumatga ega bo’lishini nazorat qilish kerak”, - deydi Saodat.

Kaliforniyaga qochqinlar bir necha guruhda yuboriladi. Birinchi bosqichda 5000 dan ziyod odam ko’chiriladi.

“Bu odamlarni joylash kerak. Ularning tilini biladigan, immigratsiyada ularga yordam bera oladigan odamlarga yaqin joyga”, - deydi San-Diyego shahar rasmiysi Joel Anderson.

Amerikalik afg’onlar tarixiy vatani kelajagidan xavotirda.

“Afg’onistonning erkin, tinch, barcha fuqarolar huquqlari ta’minlangan mamlakat bo’lishini xohlaymiz”, - deydi Fayoz Navabiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG