AQShning 150 dan ortiq shahrida "Haqiqat uchun marsh" o'tkazildi

  • Amerika Ovozi

Nyu-York shahridagi "Haqiqat uchun marsh" qatnashchilari, 3-iyun, 2017-yil

3-iyun kuni AQShning 135 dan ortiq shaharlarida Tramp ma'muriyatiga qarshi namoyishlar bo'lib o'tdi. Ular o'tgan yilgi saylovga Rossiyaning aralashuvi haqidagi tergov adolat bilan o'tkazilishini talab qilmoqda.

"Haqiqat uchun marsh" deb nomlangan aksiya 17 tashkilot tomonidan birgalikda tashkil etildi. Koalitsiyaga "Ayollar marshi" va "Amerikaning progressiv demokratlari" kabi guruhlar qo'shilgan.

Namoyishchilar Rossiyaga doir tergovning xolis va adolatli o'tishini ta'minlash uchun mustaqil komissiya tuzilishini talab qilmoqda.

"Haqiqat uchun marsh" qatnashchilari, Nyu-York, AQSh, 3-iyun, 2017-yil.
"Haqiqat uchun marsh" qatnashchilari, Nyu-York, AQSh, 3-iyun, 2017-yil.

Ular, shuningdek, Prezident Trampdan soliq to'lagani haqidagi hujjatlarini oshkor qilishni so'ramoqda. Tramp bunday talablarni muntazab rad etib keladi. Tanqidchilarga ko'ra, u topgan daromadi uchun yetarli darajada soliq to'lamagan bo'lishi mumkin.

AQSh prezidentidan soliqqa oid hujjatlarini xalqqa oshkor qilishni talab qiladigan qonun yo'q.

"Haqiqat uchun marsh" koalitsiyasi Tramp prezident etib saylangandan beri bir qator katta norozilik namoyishlarini o'tkazdi. Yanvar oyida "Ayollar marshi", aprelda esa "Aniq fanlar uchun marsh" tashkil etilgan edi.

Tramp tarafdorlarining namoyishi

Prezident tarafdorlari ham ko'chalarga chiqib, namoyish o'tkazdi. "Parij emas, Pitsburg" nomli yurish Oq uy yaqinidagi Lafayet maydonida bo'lib o'tdi. Ular AQShning iqlimga oid Parij bitimidan chiqayotganini nishonlash uchun yig'ildi.

Tramp tarafdorlari Nyu-York shahrida, 3-iyun, 2017-yil.
Tramp tarafdorlari Nyu-York shahrida, 3-iyun, 2017-yil.

"Prezident matbuot va demokratlar bosimi ostida edi. Shunga qaramay, u amerikaliklarning ishini birinchi o'ringa qo'yib, Parij bitimidan chiqmoqda. Shu bois biz Prezident Trampni va uning qo'rqmas yetakchiligini qo'llab-quvvatlash uchun yig'ilyapmiz", - deyiladi namoyish uchun chiqarilgan taklifnomada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG