Breaking News

Maktab bozori Amerikadagi ikkinchi yirik savdo mavsumi


Yoz oxiri maktab uchun bozorlik mavsumi. O’quv qurollari ishlab chiqaruvchilari ko’plab mijozlarini aypad, telefon yoki boshqa elektron qurilmalarga bog’lanib qolgan avlodga boy berganini tushunib, o’quv qurollari sanoatiga yangicha yondashmoqda.

Maktab bozori yirik savdo mavsumi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00

​Bu yil maktab o’quvchilari uchun xushbo’y xidli markerlar sotuvga chiqqan. Ishlab chiqaruvchilar iste’molchi sifatida avvalo bolalarni jalb qilishdan umidvor.

Amerika do’konlarida yaltiroq yelim, dekorativ skotchlar, rang-barang kundaliklar sotuvda. Harorat yuqori bo’lganda ko’rinmay qoladigan siyohli ruchkalar ham bor.

“Bolalarim aypad o’ynagandan ko’ra rasm chizsa, biror narsalar yasasa deyman. Biroz qimmatroq bo’lsa ham olib berishga tayyorman”, - deydi onalardan biri Anji Miller.

U uch farzandi uchun yiliga taxminan 450 dollar o’quv qurollariga xarajat qiladi. Deloit moliyaviy maslahat xizmatlari tashkilotiga ko’ra, oilalar o’tgan yillarda o’rtacha 501 dollar xarajat qilgan bo’lsa, bu yil to’qqiz dollar ko’proq sarflashi kutilmoqda.

“Maktab bozori - ikkinchi yirik savdo mavsumi. Unda 27,6 milliard sarflanadi. Demak, kompaniyalar narxni ikki baravar tushirib, koproq xaridorlarni jalb qila olishi kerak”, - deydi tashkilot xodimi Rod Sayds.

O’quv qurollari sanoatidagilar iste’molchilarini qayta jalb qilish maqsadida ishlab chiqarishga ijodiy yondashishga urinmoqda.

“Bu yilgi maktab bozori zo’r bo’ladi. Mahsulotlarimizning 25 foizi yangi”, - deydi Volmart do’koni rahbarlaridan Skot Beyls.

Millerning 12 yoshli qizi bunday o’quv qurollarini sevib ishlatishni boshlagan.


“Nega o’zimdan qoniqishimning sababi bor. Mana shu kundalikka qanday adabiyotlarni o’qishimni, orzularimni yozib boraman. Katta bo’lganimda o’qiyman”,- deydi Kaya Miller.

Ishlab chiqaruvchilar bu yil daromad yaxshi bo’lishini kutmoqda. Iqtisodning o’sishi, ishsizlik darajasi pasayishi va iste’molchilar ishonchi ortishi do’konlarda savdoning jonlanishiga turtki bo'lishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG