Breaking News

Kompyuter o'yinlari universitetlarda sport turiga aylanmoqda


Video o'ychilarga stipendiya ajratayotgan universitet
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:30 0:00

Video o'ychilarga stipendiya ajratayotgan universitet

Yaqin kunlargacha video o’yin o’ynaydiganlarga vaqtni behuda sarflaydigan, bemaqsad odamlar deya qaralardi. Vaqt o’tib, bunday qarashlar ham o’zgarib borayotgani kuzatiladi. X-Box, Pleysteyshn yoki ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan kompyuter o’yinlari vaqti kelib foyda keltirishi ham mumkin ekan. AQSh universitetlari kompyuter o’yinlariga ko’proq odamni jalb qilish uchun maxsus stipendiyalar ajratishni boshlagan.

Video o'yinlar foydasi
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

Greyson Okonnel 20 yoshda. Pensilvaniya shtatidagi Harrisburg universitetida Informatsion texnologiyalar va sun’iy idrok sohasida tahsil oladi. Darslar tugagach, video o’yinlar bilan shug’ullanadi. Lekin shunchaki vaqt o'tkazish uchun emas, balki universitetning kibersport jamoasi a’zosi sifatida.

“Kichkinaligimdan yaxshi o’ynardim. Sport bilan shug’ullanish doim ham hamyonbop bo’lmagan. Masalan, xokkey o’ynagan paytlarimda ota-onamga juda qiyin edi, o’zim ham ko’p vaqt sarflardim. Shu bilan video o’yinlarni o’rganib, doim yaxshi natijalarga erishganman”, - deydi u.

Ko’pgina universitetlar futbol, basketbol o’yinchilariga stipendiyalar ajratadi. Ular qatoriga endi kibersport ham kirib kelmoqda.

“Video o’yinlarni yaxshi o’ynaydiganlar uchun ajoyib imkoniyat bu. Yaxshi universitetda o’qiydi, yetuk mutaxassis bo’lib chiqadi”, - deydi Harrisburg universiteti prezidenti Erik Dar.

Universitet kibersport jamoasida boshqa sport turlari kabi 16 o’yinchi, trener va qat’iy mashq jadvali bor.

“Barcha talabalarimiz muvaffaqiyatlarga erishishi tarafdorimiz”, - deydi jamoa murabbiysi Geof Vang.

Bu dargoh mamlakat bo’ylab birinchi bo’lib o’yinlar uchun to’liq stipendiya ajratgan universitet. Yaqinda u maktab bitiruvchilari uchun maxsus treningga mezbonlik qildi.

“Shunchaki emas, g’olib bo’lish uchun o’ynayman”, - deydi o’quvchilardan biri Jastin Baxata.

Universititet kibersport jamoasining debyut o’yini 2017-yil kuzda o’tgan. Bu yil kuzda 1-chempionat musobaqasida qatnashadi.

“Universitetning kiber iste’dod egalariga e’tiborini ko’rgan ota-onam meni qo’llab-quvvatladi, o’ynashimga doim sharoit qilib berdi”, -deydi Greyson Okonnel.

Greyson o’qishni tugatgach, yo video o’yinchi yoki kompyuter texnologiyalari mutaxassisi sifatida ish boshlaydi. Tanlov qarorini berish esa oson emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG