Breaking News

Ijtimoiy tarmoqlarda dezinformatsiyani qanday bartaraf etish mumkin?


Ijtimoiy tarmoqlar va so'z erkinligi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

Dunyo bo’ylab millionlab foydalanuvchilariga ega yirik internet kompaniyalar so’nggi yillarda o’z platformalarida ma’lumot tarqatish qoidalarini o’zgartirgan. Bu choralarni olqishlayotganlar ham, tanqid qilayotganlar ham bor. Texnologiya kompaniyalari rahbarlari bu borada hisobot berish uchun 25-mart kuni AQSh Kongressiga chaqirtirilmoqda.

Kapitoliyga qilingan hujumdan so’ng internet kompaniyalar qanday qoidalar asosida faoliyat yuritishi yana muhokamada. Namoyishchilar hujumni ijtimoiy tarmoqlarda rejalagani aytilmoqda.

“Facebook” va “Twitter” sobiq prezident Donald Trampning sahifasini, “Google”, “Apple” va “Amazon” esa Trampning tarafdorlari foydalanuvchi, soxta ma’lumotlar urchigan ilovalarni yopib tashladi.

“Mana shunday qarorlarni qiladiganlar, boshqalarni chig’iriqdan o’tkazish rolini bajarayotganlar haqiqiy kuchga ega”, - deydi Michigan universiteti professori Jerri Deyvis.

Internet kompaniyalar ustidan tekshiruv yangilik emas. “Google”, “Facebook” va “Amazon” monopoliyaga doir qonunlarni buzganlikda ayblanib, sudga berilgan. Rahbarlari muntazam ravishda Kongressga chaqirtirilib, savolga tutiladi. Ular katta kuchga ega ekani ayon, ammo nima qilish kerakligi borasida fikrlar turlicha.

Ularni parchalab tashlagan ma’qulmi? Balki foydalanuvchilardan ma’lumot yig’ish huquqini cheklash lozimdir? Yolg’on xabarlar tarqatgan platformalarni javobgarlikka tutish, qonunlarni yangilash takliflari ham bor.

“Respublikachilar nazarida odamlarni platformalardan haydash, konservativ fikrlarni o’chirish va taqiqlash keng tus olgan. Ular shundan norozi. Demokratlarning da’vo qilishicha esa kompaniyalar onlayn muloqotni yetarlicha nazorat qilmayapti, nafratga to’la yozishmalarga ko’z yumayapti”, - deydi “Elektron Sarhadlar” nohukumat tashkiloti vakili India Makkini.

AQShdagi har ikki partiya dezinformatsiyani muammo deb bilsa-da, yangi qonun-qoidalarni joriy etish qiyin masala. Chunki konstitutsiyada so’z erkinligi kafolatlangan.

“Asossiz ma’lumotlarni tarqatishni taqiqlash bilan bir qatorda, satira va parodiyani, komediya va sharhni himoya qiladigan qonunni qanday yaratasiz? Bular hammasi muhim, ko’ngilochlar dasturlarning, siyosiy muhokamalarimizning bir qismi axir”, - deydi Makkini.

Ijtimoiy tarmoqlar odamlarni birlashtirishga xizmat qiladimi yoki parokandalikka? Ayrim kuzatuvchilar texnologiya roliga baho berish kerak, deb hisoblaydi.

“Onlayn odob-axloq deganda nimani tushunamiz? Odamlarni dezinformatsiyadan qanday himoya qilamiz? Bu savollarga javob topishimiz kerak”, - deydi Brukings instituti tadqiqotchisi Nikol Terner.

Kelasi oylar ichida foydalanuvchilar ham, hukumatlar ham ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatdagi rolini muhokama qilishda davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG