AQSh yetakchi diplomati Markaziy Osiyodan tushgan savollarga javob berdi


AQSh yetakchi diplomati Markaziy Osiyodan tushgan savollarga javob berdi

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Robert Bleyk, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston jurnalistlari bilan telemuloqotda, bugungi siyosat yuzasidan qator masalalarga oydinlik kiritishga harakat qildi.

“WikiLeaks” sayti fosh etgan diplomatik hujjatlarda Amerika rasmiylarining mintaqa hukumatlari va rahbarlari haqida qanday fikrda ekanini o’qiysiz. Korrupsiya, yakkahokimlik, uyushgan jinoyatchilik, poraxo’rlik, tanish-bilishchilik, prezidentlarning oilalari egalik qiladigan bizneslar, hukmron doiralar, kim kim bilan do’st, kim dushmanligi haqida AQSh rasmiylarining fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.

Bu maxfiy ma’lumotlar mazmuni aloqalarga qanchalik ziyon qilishi mumkin?

Janob Bleyk diplomatlar orasidagi yozma aloqa - ichki gaplar deydi. Uning nazarida davlatlar hamkorlik ahamiyatini tushunadi. Bu hujjatlar mazmuni turli taxmin va uydirma gaplarga turtki berishi mumkin, albatta, deydi u, lekin davlatlar orasidagi aloqa bu bilan uzilib qolmaydi.

“Chunki ular zaminida o’zaro manfaatlar yotadi. Davlatlar bir-biriga kerak”,- deydi Bleyk.

“Davlat departamentiga tegishli maxfiy ma’lumotlar fosh etilgani diplomatlarimiz uchun xavf tug’diradi, ularning ishini og’irlashtiradi”,- deydi u.

AQSh hukumatining bildirishicha, Qirg’izistondagi "Manas" tranzit markazini "Mina" korporatsiyasi (Amerikada asoslangan) yonilg’i bilan ta’minlashda davom etadi. Lekin ayrim da'volarga ko'ra, o’tgan yillar ichida bu kompaniya mahalliy firmalar bilan moliyaviy firibni amalga oshirgan; Qirg’izistonning amaldan ketgan siyosatchilari bundan foyda ko’rgan. AQSh Kongressi bu masala yuzasidan tekshiruv boshlagan. Vashington nega bunday qarorga keldi?

Robert Bleyk deydiki, "Mina" korporatsiyasining aybi borligi hali isbotlanmagan.

“Tekshiruv davom etmoqda va biz xulosaga qarab ish ko’ramiz… Davlat kotibasi Xillari Klinton aytganidek, "Manas"ni yonilg’i bilan ta’minlash jarayoni har jihatdan oshkora bo’ladi. Kelajakda "Manas"ga yonilg’ining 50 foizini Qirg’iziston tomon yetkazib berishi haqida gaplashayapmiz. Bu haqda muzokara ketmoqda. Shunday mexanizm yaratish niyatimiz bor”, - deydi Bleyk.

Rossiya Tojikiston bilan harbiy hamkorlikni kengaytirishga urinmoqda, Amerika bunga qanday qaraydi?

“O’tgan bir yil ichida erishilgan katta yutuqlardan biri bu AQSh, Rossiya va Markaziy Osiyo orasida muloqot shakllanganidir. Biz nafaqat Afg’oniston bobida, balki mintaqa xavfsizligi yo’lida ham birga ishlashga qaror qilganmiz”,- deydi davlat kotibi muovini.

“Rossiya-Tojikiston harbiy hamkorligi ular orasidagi masala. Biz Tojikiston bilan yaqin aloqadamiz. Ostonada uchrashganida, Xillari Klinton prezident Emomali Rahmonga “kelasi yil Tojikistonga boraman” deb va’da qildi”,- deydi Robert Bleyk.

Turkmaniston hukumati siyosiy-iqtisodiy islohotlar samarali kechayotganini aytib keladi. Qo’shma Shtatlar bu mamlakatdagi vaziyatni qanday baholaydi?

“AQSh Turkmaniston rahbariyati bilan muzokaralarda fuqarolik jamiyati uchun imkoniyatlar yaratish, nohukumat tashkilotlar ro’yxatdan o’tishi uchun yo’l berish zarur ekanini eslatgan. Bundan jamiyat katta foyda ko’radi, nazarimizda. Inson huquqlari borasida ham gaplashib kelayapmiz. Bu sohalarda oldinga siljish Turkmanistonni iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlantirishiga ishonamiz”.

O’tgan hafta Turkmaniston, Afg’oniston, Pokiston va Hindistonni bir-biriga bog’laydigan gaz quvuri yotqizish haqida kelishib olingan. Amerika nazarida bu ulkan o’zgarishlarga yetaklaydi. Turkman gazini Janubiy Osiyoga yetkazish bilan bu davlat o’ziga katta iqtisodiy imkoniyatlar ochadi, deydi Robert Bleyk.

O’zbekiston-AQSh hamkorligi faqat Afg’oniston bilan cheklanib qolmayaptimi? Vashington O’zbekistonda huquq muntazam ravishda buzilishiga ko’z yummayaptimi?

“Birinchidan, Qo’shma Shtatlar O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi har bir davlat bilan serqirra hamkorlik qilishni istaydi. Savdo va sarmoya hamda inson huquqlari va demokratiya yo’lida yordam berishni maqsad qilgan. Biror bir sohani boshqasidan ustun qo’ymaymiz. Ularning hammasi birdek muhim”,- deydi Bleyk.

“Biz O’zbekiston bilan aloqalarimizni yuqori baholaymiz va Afg’onistonga yuk tashishga berilayotgan yordamdan minnatdormiz”.

Davlat kotibasi Xillari Klinton yaqinda Toshkentda bo’lganida, prezident Islom Karimovga huquq bilan bog’liq ahvolni yaxshilash kerak, Vashington vaziyatdan xavotirda deb aytgan.

O’zbekiston hukumati Afg’onistonda tinchlikka erishish uchun o’z tashabbusi bilan chiqqan – 6 plyus 3. Bunda Afg’oniston bilan chegaradosh olti davlat – Pokiston, Eron, Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston va Xitoy hamda AQSh, Rossiya va NATO nazarda tutilmoqda. Obama ma’muriyatining bunga munosabati qanday?

“O’zbekiston hukumati tashabbus bilan chiqayotgani tahsinga sazovor. Afg’onistonda tinchlikka erishish ustida ishlayotgan xalqaro guruh bor va O’zbekiston istasa, unga qo’shilishi mumkin. 6 plyus 3, afsuski, Afg’oniston hukumatini o’z ichiga olmaydi, vaholanki, gap bu davlat taqdiri ustida ketmoqda”, - deya javob beradi Robert Bleyk.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG