Breaking News

Ayrim shtatlar Kongressda qo’shimcha o’rinlarni qo’lga kiritdi


AQSh: Aholini sanash ketidan Kongressda o’zgarishlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

O’tgan yili Qo’shma Shtatlar aholisi qayta sanaldi. Aholi ko’payishi yoki kamayishiga qarab Kongressda vakillar soni ham o’zgaradi.

Vakillar palatasidagi 435 o’rin konstitutsiyaga binoan 50 shtat orasida qayta taqsimlanmoqda. Ushbu jarayon har 10 yilda aholini sanash natijasi ma’lum bo’lgach amalga oshiriladi.

2020-yilda o’tkazilgan so’rov pandemiya sabab biroz kechikdi, ammo natijalar ayon.

Yetti shtat – Kaliforniya, Illinoys, Michigan, Ogayo, G’arbiy Virjiniya, Pensilvaniya va Nyu-York – Kongressdagi bir o’rindan mahrum bo’ladi.

Oregon, Montana, Kolorado, Shimoliy Karolina va Florida Kongressda qo’shimcha bir o’rin, Texas esa ikki o’rinni qo’lga kiritdi.

“Bu shtatlarda aholi soni o’smoqda. Sharqiy shtatlardan g’arb tomon odamlarning ko’chishi davom etar ekan, mezbon shtatlarning siyosiy qudrati ham oshib boraveradi”, - deydi Jeykob Rubashkin.

U “Inside Elections” vebsayti uchun saylov poygalarini kuzatib, tahlil qiladi.

“Oliy sud qaroriga ko’ra har bir shtatdagi saylov okruglari imkon qadar aholi soniga mutanosib bo’lishi lozim. Bu qoidaga qat’iy rioya qilinadi, hatto bir-ikkita odam kesimigacha”, - deydi Rubashkin.

Boshqa qoidalar ham bor. Masalan, saylov okrugini muayyan partiya manfaatiga moslab tuzish taqiqlangan.

“Qonunchilikda okrug yaxlit bo’lishi talab qilinadi. Uning sarhadlari bir hududda to’satdan tugab, boshqa bir joyda paydo bo’la olmaydi. Ovoz berish to’g’risidagi federal qonun ham bor. Unda ozchilikdagi guruhlar vakilini o’z jamoasidan saylashi kerakligi belgilangan”, - deydi suhbatdosh.

Okrug sarhadlarini o’zgartirish shtat qonunchilik organlariga bog’liq. Hozirda ularning aksariyatini respublikachilar nazorat qiladi. Jumladan, Kongressda qo’shimcha o’rinlarni qo’lga kiritgan uch shtatda.

“Aholini sanash va o’rinlarni qayta taqsimlash jarayonining ilk natijalarini ko’rib turibmiz. Ammo bir qancha savollar ochiq qolmoqda. 2022-yildagi oraliq saylovlargacha manzara ancha oydinlashadi”, - deydi Rubashkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG