Breaking News

AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyasida yangilik yo'q


AQSh-Markaziy Osiyo: Bugungi strategiya nima?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:06 0:00

AQSh-Markaziy Osiyo: Bugungi strategiya nima?

Qo’shma Shtatlar Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasini qayta ko’rib chiqqan biroq unda yangilik yo’q, chunki Vashingtonning mintaqadagi manfaatlari o’sha o’sha.

Qo’shma Shtatlar Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasini qayta ko’rib chiqqan biroq unda yangilik yo’q, chunki Vashingtonning mintaqadagi manfaatlari o’sha-o’sha. Davlat kotibi muovini Toni Blinken (Anthony Blinken) so’zlari bilan aytganda, Amerika Markaziy Osiyo tinchligi va ravnaqidan manfaatdor. Bugungi hamkorlik va yondashuv shu maqsadni ko’zlaydi, deya tushuntirdi u, Vashingtondagi Brukings institutida so’zlar ekan . Blinken bu nutqida AQSh erkinlikni targ’ib qilishda qattiqroq harakat qilishi kerakligini tan oldi.

AQSh-Markaziy Osiyo aloqalari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Mintaqa qanday rahbarlar qo’lida-yu, xalq dardi nima, shuningdek, tinchlikka tahdid qayerda kelmoqda? Vashingtondagi siyosatchilar bu haqda yaxshi tasavvurga ega.

AQSh Davlat kotibi muovini Toni Blinken Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tusuntirdi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:32 0:00
Yuklab oling
US Central Asia Policy - Deputy Secretary of State Anthony Blinken speaks at Brookings Institution
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 1:01:36 0:00
Yuklab oling
Ambassador Richard Hoagland - Central Asia: What's Next?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:44:44 0:00

Davlat kotibi muovini deydiki, Afg’onistondagi harbiy harakatlar nihoyasiga yetar ekan, Amerika va Markaziy Osiyo orasidagi munosabatlar susayadi deb o’ylasangiz, xato qilasiz.

“Sababi oddiy: xavfsizligimiz Markaziy Osiyo bilan ham bog’liq. Shu bilan birga mintaqa ulkan imkoniyatlarga ega. Markaziy Osiyo Shanxaydan Istanbulgacha iqtisodiy ko’prik bo’la oladi. Bizning bizneslarimiz, texnologiyamiz va sanoatlarimiz u yerda katta ishlar qilishi mumkin. Mintaqa Sharqiy va Janubiy Osiyoni o’z mahsulotlari va yonilg’isi bilan ta’minlashi mumkin. Qo’shni Afg’oniston oyoqqa turar ekan, mintaqa unga tayanch bo’la oladi. Qoradori, terrorizm va ekstremizmni yengishda Markaziy Osiyo o’ta muhim rol o’ynaydi”.

Amerika nazarida, mintaqaning asosiy boyligi - uning aholisi, intellektual kuchi, inson kapitali. Fuqarolar hayotini yaxshilash, xalq turmushini ko’tarish yo’lida qilingan har bir harakat, deydi Blinken, Markaziy Osiyoni oldinga yetaklaydi. AQSh shu sohada ko’proq yordam berishni xohlaydi.

“Har bir respublika mustaqil va suveren davlat sifatida taraqqiy etib, xalqiga xizmat qiladigan, uning oldidagi mas’uliyatlarini ado eta oladigan tuzumlar bo’lishini istaymiz”, - deydi Blinken.

AQSh har bir davlat bilan o’ziga xos rishtalarga ega. Shuningdek, Vashington mintaqani integratsiya, har tomonlama birdamlikka undab keladi. Markaziy Osiyo iqtisodiy jihatdan eng tarqoq regionlardan biri, deydi Blinken. Qo’shni davlatlar ahil bo’lib, oradagi nizolarni hal etib, bir-biri bilan tijoriy va siyosiy aloqani mustahkamlasa, Amerika ham foyda ko’radi, deydi Blinken. Biroq AQSh biror sohada bosim o’tkazishni istamaydi. Har bir xalq taqdiri uning o’z qo’lida, deydi rasmiy.

“Har bir davlat bilan uch asosiy maqsadni ko’zlaymiz: xavfsizlik bo’yicha hamkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, adolatli boshqaruv mexanizmlari va inson huquqlarini targ’ib qilish”.

Xitoy mintaqaning yetakchi iqtisodiy hamkoriga aylanib borayotgani AQSh uchun xavf emas, deydi Blinken. Umid shuki, Xitoy kiritayotgan milliardlab dollarlik sarmoya xalq farovonligi yo’lida xizmat qiladi.

Vashington Rossiyaga tahdid sifatida qaraydi. Ukrainaga nisbatan agressiv siyosat yuritayotgan Kreml, Obama ma’muriyati ta’biricha, Markaziy Osiyo istiqboliga raxna soladi. Shu bois AQSh davlatlarning suverenitetini himoya qilishda yordamni ayamaydi, deydi Blinken. G’arb qo’llayotgan jazo choralari oqibatida Rossiya iqtisodiyoti zaiflashgan, buni Markaziy Osiyo ahli ham his etmoqda, deydi diplomat. Shu bois ham mintaqa birdam bo’lsin, deya undamoqda AQSh.

“Biz Markaziy Osiyo davlatlari faqat Amerika bilan yaqindan ishlasin deb hech qachon talab qilmaganmiz va qilmaymiz ham. Boshqa davlatlar mintaqaga shunday bosim o’tkazishini qat’iy qoralaymiz. Har bir davlat o’zi xohlaganicha, serqirra, ko’ptomonlama hamkorlik va manfaatlar yo’lida harakat qilsin, deymiz. Har bir davlatning bunga haqqi bor.”

Jamiyatni terrorist guruhlardan asrash uchun yoshlarga imkoniyatlarni kengaytirish kerak. Bilimli, hunarli va kelajagi porloq bo’lishi uchun zamin hozirlash lozim. Bu har bir davlatning asosiy vazifasi va uni bajarish oson emasligini Amerikaning o’zi ham biladi, deydi Blinken.

Brukings instituti, Vashington, 31-mart, 2015
Brukings instituti, Vashington, 31-mart, 2015

“Demokratik qadriyatlar tinchlik va farovonlik garovi bo’lib, biz ularni targ’ib qilishni o’z burchimiz deb bilamiz. Inson huquqlari hurmat qilinsin, fuqaro jamiyati taraqqiy etsin, fuqaroning diniy erkinliklari ta’minlansin, deymiz. Muzokaralarda bu borada gapirishdan to’xtamaymiz. Bilaman, samara uncha sezilmaydi va ochig’i, bu boradagi yutuqlarni sarhisob qilish qiyin. Lekin muntazam muloqot baribir meva beradi, bunga ishonamiz. Fuqarosini qadrlagan davlat kuchli bo’ladi, har tomonlama. O’z suverenitetini mustahkamlab, iqtisodiy jihatdan kuchayib, barqarorlikka erishadi. Mintaqa tinchroq bo’ladi. Matbuot va fikr erkinligi, siyosiy erkinliklar odamlarga o’z noroziligini tinch yo’l bilan qonuniy aks ettirish imkonini beradi. Zo’ravonlik va ekstremizm xavfini shunday bartaraf etasiz”,- deydi Blinken.

Diplomat fikricha, Qo’shma Shtatlar huquq va demokratiya targ’ibotini kuchaytirishi, yangi usullarni sinab ko’rishi va mintaqada fuqaro jamiyati ildiz otishi uchun iloji boricha harakat qilaverishi kerak.

21-asrda har bir jamiyatning eng boy jihati bu uning a’zolari nimaga qodir ekanidir, deydi Blinken. Salohiyatli avlodlarni yetishtirish uchun erkinlik va imkoniyat zarur. Vashington hukumatlar bilan muloqotni kengaytirgani sari demokratik qadriyatlarga ham ko’proq urg’u beraveradi, deydi Davlat kotibi muovini.

O’zbekistonning chorak asrlik rahbari Islom Karimov 29-martda lavozimga qayta saylanib, yangi besh yillik muddatini boshlamoqda. AQSh sukutda kuzatmoqda.

Prezidentni xalq saylaydi va AQSh bu jarayonga bosh suqmaydi, deydi rasmiylar. Biroq Obama ma’muriyati Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti saylovni kuzatganini olqishlab, uning hisobotini quvvatlamoqda. Bu hujjatga ko’ra esa saylov demokratik talablarga javob bermagan, raqobatsiz kechgan, real bellashuv bo’lmagan, va eng nozik jihati, konstitutsiya bir kishiga ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezidentlik qilishga ruxsat bermaydi.

Shunday ekan, Karimov o’zi qayta saylanishga haqlimidi? Tabiiy bir savol. Vashington Karimovning avtoritar rahbar ekanini biladi, lekin u bilan o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda ishlayveradi. AQSh hamkor xolos, O’zbekiston prezidentini tanlash esa fuqarolarning ishi, deydi rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG