Tramp metal importini tekshirmoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoy zavodlarida

Prezident Donald Tramp nazarida xorijiy metal mahsulotlari Amerika temir sanoatiga zarur keltirayotgan bo'lishi mumkin. U bu masalani izchil o'rganib chiqishni buyurgan. Mahalliy biznes rivoji va ish o'rinlari yaratish uchun zarur chora ko'riladi, deydi u.

1962-yilda qabul qilingan savdo qonuni prezidentga importni cheklash vakolatini beradi.

"Gap faqat Xitoy importi haqida ketmayapti", - deydi Tramp. "Amerika ravnaqini ta'minlash uchun barcha davlatlardan kirib kelayotgan mahsulotlar ko'lamini o'rganmoqchiman".

Lekin Xitoyni azaldan AQSh bozorini ortiqcha metal mahsulotlari bilan to'ldirayotganlikda ayblashadi. Pekin esa talab bor ekan, ta'minot ham bor, deya izohlaydi.

Prezident va metal sanoati egalari
Prezident va metal sanoati egalari

Prezident 50 kun ichida Tijorat vazirligidan hisobot kutmoqda. Agar AQSh harbiy sanoati uchun chet el metali kerak bo'lsa, bu borada qanchalik muvozanatli ish ko'rish mumkinligi tahlil qilinadi.

Amerika metal bozoridagi mahsulotning 25 foizdan ortig'i chet eldan.

Mahalliy sanoat egalari Oq uyga kelib prezident bilan uchrashib, qarorni olqishlagan.​

Bir paytlar Pensilvaniya metal sanoati makoni edi. Bu zavodlar keyinchalik chet elga ko'chdi.
Bir paytlar Pensilvaniya metal sanoati makoni edi. Bu zavodlar keyinchalik chet elga ko'chdi.

Sanoat eksperltari esa Oq uy nima qilmoqchi ekanini tushunishga qiynalmoqda.

Erkin bozor nazoratini keskinlashtirish salbiy oqibatlarga yetaklaydi, deydi mutaxassislar.

"Importni cheklash hech qachon taraqqiyotni mustahkamlamaydi", - deydi Den Grisvold, Jorj Meyson universiteti olimi.

Grisvold ta'biricha, Tramp qarori sabab metal mahsulotlarining narxi ko'tarilib, talab pasayishi mumkin. Bu esa iqtisodiy zarar, deydi u.

Lekin ayrim kompaniyalar uchun bu foyda keltirishi tayin, deydi professor. Shu bois ham ular Oq uyni quvvatlamoqda. Bozordagi tabiiy muvozanatni buzish xato bo'ladi, deydi Grisvold.

Yana bir bir yetuk mutaxassis Geri Xafbauer deydiki, Tramp chet el metali davlat xavfsizligiga tahdid deb o'ylab adashmoqda.

Tijorat vaziri Uilbur Ross, milliarder sarmoyachi, metal sanoatiga yaqin odam. Shu sabab ham u mahalliy kompaniyalar uchun sharoitni yaxshilamoqchi, deydi Xafbauer.

AQSh Tijorat vaziri Uilbur Ross
AQSh Tijorat vaziri Uilbur Ross

Harbiy sanoatda muammo yo'q. Bu soha zarur mahsulotni qayerdan kerak bo'lsa, oladi. Lekin metal kompaniyalari uchun xorijiy raqobatchilarni kamaytirish birlamchi masala, deydi ekspertlar.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining yirik a'zosidir. Bu organ shartlaridan biri erkin bozor va importchilar uchun zarur sharoit yaratib berish. Amerika bu shartlarni buza olmaydi. Biroq Oq uy ularni chetlab o'tish yo'llarini qidirishi mumkin. Bu esa katta muammo, deydi biznes tahlilchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG