Breaking News

AQShda har kuni minglab odam uyidan haydaladi


Amerikada har hafta minglab odam yashab turgan joyidan haydaladi. Sabab – uy pulini yoki ijara haqqini to’lay olmaslik. Shaharlarni zimdan yemirayotgan masala bu, deydi mutaxassislar. Prinston universiteti professori Metyu Desmond bir qancha oilalar bilan uchrashib muammoni yaqindan o’rganib chiqdi. Uning kitobi asosida ko’rgazma ham tashkil qilindi.

​Amerika me’morchilik va bunyorkorlik muzeyidagi ko’rgazma ijarani to’lolmay uyidan quvilayotganlar haqida hikoya qiladi.

Surat va stendlar ijtimoiy fanlar professori Metyu Desmondning kitobiga asoslanadi. Uydan haydalish, deydi u, oilani xonavayron qiladi. Bolalar maktabini almashtirishi kerak. Qo’shnilar bilan aloqa uziladi, halovat yo’qoladi.

“Qashshoqlikda kun ko’rayotgan har to’rt oiladan biri daromadining 70 foizini ijara va kommunal to’lovlarga sarflaydi. Bu mas’uliyatsizlikmi? Yo’q, ilojsizlik. Oylikning 70-80 foizi uyga ketsa, kichik bir xato tufayli uydan haydalish hech gap emas”,- deydi Desmond.

Uning kuzatuvlariga ko’ra, dunyo bo’ylab millionlab odamlarning shaharda turishga qurbi yetmaydi. Lekin Amerikada bu muammo krizis darajasiga yetgan.

“London va Parijdagi ahvol bilan solishtiradigan bo’lsak, AQShda uydan haydalish ko’lami ancha yuqori. Muammo chuqurlashib bormoqda. Kuniga taxminan 6300 amerikalik uyni bo’shatib qo’yish haqida sud qarori oladi”, - deydi u.

Qaror berilgach, ikki yo’ldan birini tanlaysiz. Ishchilar buyumlaringizni omborga olib ketish uchun yuk mashinasiga ortib berishi yoki ko’chaga chiqarib qo’yishi mumkin. Matras, stol-stul, xolodilnik, hammasini.

Ko’rgazma tashkilotchisi Sara Levitga ko’ra, bunday ko’z ilg’amas muammolardan omma xabardor bo’lishi kerak.

“Tomoshabin o’yga tolsin, g’azablansin, tizimni o’zgartirishga harakat qilsin deymiz. Yechimsiz muammo emas bu. Chora ko’rishimiz kerak”,- deydi u.

Professor Desmond uy-joy qurilishiga kattaroq sarmoya ajratish kerakligini aytadi. Unga ko’ra, mavjud dasturlar yaxshi ishlaydi, lekin bu yetarli emas.

Kuniga 6000 amerikalik uyini bo’shatib qo’yishga majbur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG