Breaking News

AQSh migratsiyani kamaytirish uchun Gvatemala bilan bitim imzolamoqchi


Xalqaro hayot - 28-iyun, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00

Xalqaro hayot - 28-iyun, 2019-yil

AQSh Gvatemala bilan “uchinchi xavfsiz davlat” to’g’risidagi kelishuvni muhokama qilmoqda. Agar imzolansa, Gonduras va Salvadordan bosh olib kelayotgan muhojirlar bundan buyon AQShdan boshpana so’ray olmaydi, Gvatemalada qolishga majbur bo’ladi.

Vashington shu tariqa migrantlar oqimini nazoratga olishni ko’zlamoqda. Ekspertlarga ko’ra, qashshoqlik va beqarorlik domidagi Gvatemala migrantlarni qabul qilishga qodir emas.

Aholi bitim imzolansa, mamlakatdagi muammolar yanada keskin tus olishidan xavotirda.

Qashshoqlik va ta’qiblardan qochib, Amerikadan panoh izlayotgan gvatemalaliklar soni ortib bormoqda.

So’nggi sakkiz oyda Gvatemaladagi 17 million aholining bir foizi AQSh chegarasiga kelib ulgurdi.

BMT Qochqinlar agentligiga ko’ra, mamlakat qonun ustuvorligini o’rnatish borasida ham oqsab turibdi.

“Vaziyat Gvatemalada ayanchli. Mahallalar bezori guruhlar nazoratida. O’smirlar shu bezorilarga qo’shilib odam o’ldirishga majbur. Aks holda, o’zini o’ldirishadi. Qizlar jinsiy zo’ravonlik yoki odam savdosi qurboni bo’ladi”, - deydi agentlik xodimi Ninet Kelli.

AQSh va Gvatemala muhokama qilayotgan bitim doirasida, Salvador va Gonduras fuqarolari boshpana so’rab Gvatemalaga murojaat qilishini nazarda tutadi.

Ekspertlarga ko’ra, bunday reja keskin ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.

“Qashshoqlik va ishsizlik ortadi. Xavfsizlik va zo’ravonlik kuchayadi”, - deydi tahlilchi Julio Talamonti.

Immigratsiyani kamaytirish tarafdorlari deydiki, Gvatemala va Meksika kabi davlatlar AQSh tomon tinimsiz kelayotgan migrantlar oqimini to’xtatishda yordam berishi kerak.

Yaqinda Gvatemalada o’tkazilgan ijtimoiy so’rov shuni ko’rsatmoqdaki, aholi asosan zo’ravonlik, qashshoqlik va korrupsiyadan shikoyat qiladi. Odamlar yangi bitim muammolarni kuchaytiradi degan qo’rquvda.

“O’zimizda aholining aksariyati qashshoqlikda yashaydi. Tashqaridan odam qabul qilib bo’ladimi?”, - deydi gvatemalalik Dona Mariya.

“Kelgindilarning niyati buzuq. O’g’rilik qiladi. Bezori to’dalarni tuzadi”, - deydi Xorxe Fuentes.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga ko’ra, boshpana so’rayotganlar Gvatemalaga qaytarilishi xavfli. Qo’shni mamlakatlarda qo’nim topganlar ham jinoiy guruhlar qo’liga tushishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG