Breaking News

Sog’liqni saqlash tizimida hamshiralarning alohida o’rni bor. Hamshiralar murakkab ko’nikmalarni o’zlashtirgan bo’lishi shart. Merilend shtatida maktab o’quvchilari uchun maxsus boshlang’ich hamshiralik kurslari o'qitiladi. Ishga kirishdan oldin kursni muvaffaqiyatli bitirib, amaliy imtihondan o’tish kerak.

Maktab o'quvchilari uchun tekin hamshiralik kurslari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Bo’lajak hamshiralar hamma ishni bemorga o’zini tanishtirishni o’rganishdan boshlaydi. Hamshiralikning kundalik ishlarini, gigiena qoidalarini mashq qilishadi. Bir-birining qon bosimi, yurak urishini o’lchashadi. Bilimlarini keyinchalik haqiqiy bemorlar bilan sinab ko’rishadi.

“Muhimi, muomala qilishni o’rgandim. Hamshiralikdan keyin, shifokor bo’ladigan bo’lsam bu bilim qo’l keladi. Mijozlarning ruhiyati, his- tuyg’ularini va albatta jismoniy ahvolini ham hisobga olib to’g’ri muomala qilish muhim”, - deydi talaba Kelli Vilson.

Kelli Vilson hali maktabdaligida hamshiralikka o’qishni boshlagan. Bu uning uchinchi yili.

“Hamshira bo’lish - orzum.Odamlarga yordam berishni yaxshi ko’raman”, - deydi yana bir talaba Nataliya Estrada.

Hamshiralik kursida o’qish tekin va intiluvchan yoshlar uchun ayni muddao.

“Talabalar hamshiralik kursi davomida 20 amaliy ko’nikmani o’zlashtiradi. Mashg’ulotlar tugab, bitirish arafasida davlat imtihoni topshirib hamshiralik guvohnomasi olgandan so’ng, qariyalar bilan ishlash ucnun qo’shimcha o’qishi mumkin", - deydi Montgomeri kolleji o'qituvchi Linda Xol.

Boshlang’ich hamshiralik kurslari qariyalar uyi qoshida ochilgan. Unga nyurolog shifokor asos solgan.

“Maqsad hamshira bo’lmoqchi bo’lganlarga imkon berish va xalqqa yaxshiroq tibbiy xizmat ko’rsatish”, - deydi kurs rahbarbaridan biri Jon Xolli.

Qariyalar uyidagilar ham yoshlarni ko’rib xursand.

“Hozirgi avlodni kuzatish qiziq”, - deydi qariyalardan biri.

“Yoshi kattalar bilan gaplashish, muomala qilish va sabrli bo’lishni o’rgandim”, - deydi Nataliya.

O'ziga nisbatan ishonchga ega bo'lish, ishga sinchkovlik va e’tibor bilan yondashish bu sohada o'ta muhim. Aks holda bu yoshlarga sog'liqni saqlash tizimida kelajak yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG