Afg'onistonda Qizil Xoch xodimi o'g'irlangan

  • Amerika Ovozi

Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasiga tegishli yordam markazi, Kobul, Afg'oniston.

Afg'onistonda Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasining chet ellik xodimi o'g'irlab ketilgan. Qunduz viloyatida uni qidirish ishlari avjida. Tashkilot vakillari ikki mashinada ketayotgan bo'lgan va aynan xorijlik olib ketilgan. Garovdagi odam Ispaniyadan ekani ma'lum.

Xalqaro tashkilot afg'on hukumati va harbiylari bilan yaqindan ishlayotganini bildirib, xodimni sog'-omon qaytarish umidida.

“Uning taqdiridan judayam xavotirdamiz", - deydi Qizil Xochning Afg'onistondagi bosh vakili Monika Zanarelli.

Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi insonparvarlik tashkiloti bo'lib, Afg'onistonda azaldan faoliyat yuritib keladi. Millionlab aholi boshpanasiz, och-nahor, qashshoq, suv va dori-darmonsiz, tibbiy xizmatga muhtoj, deya tasvirlaydi tashkilot o'z hisobotlarida. Mojarolarda betaraf qo'mita xavfli zonalarda ishlashga moslashgan. Uning xodimlariga zarar yetkazish insoniyatga qarshi jinoyat bilan tenglashtiriladi.

O'tgan besh oy mobaynida BMTning turli agentliklari hamda xalqaro va mahalliy nohukumat tashkilotlarga 67 marta hujum qilingan. To'rt xodim o'ldirilgan, to'rt nafari qattiq jarohatlangan.

60 dan ortiq gumanitar ishchi, asosan, chet elliklar garovga olingan. O'tgan yili bunday hollar soni 93 nafar edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG