Breaking News

Eronda so'fiylar politsiya bilan to'qnashgan, o'lganlar bor


Mashhad
Mashhad

Tehrondagi to'polonlarda 300 dan ortiq odam hibsga olingan, besh zobit o'lgan. To'qnashuvlar boshqa shaharlarda ham yuz berib, vaziyat tahlikali tus olgan.

Bu safargi to'polonga - qamoqdagi so'fiylarni ozod etish talabi. Shuningdek, bu taqvodorlar o'z yetakchilari, 90 yoshli Nur Ali Tabandaning uyi xavfsizlik xodimlaridan tozalanishini ham talab qilmoqda.

Bu uy tomon ketayotgan xaloyiqning yo'li to'silganida qon to'kilgan. Halok bo'lganlar kuchli qurollangan va malakali zobitlar bo'lgan.

Islomiy respublikada so'fiylik qoralanadi. Tuzum bu oqimdagilarni adashgan musulmonlar deb biladi. Biroq Eronda 2-5 million orasida so'fiylar borligi taxmin qilinadi.

So'fiylar o'zlarini Olloh muhabbati tushgan, ilohiy kuch-qudratga ega, o'zgacha tafakkur va tasavvuf dunyosida yashaydigan insonlar deb biladi.

Ular Turkiya, Iroq, Afg'oniston, Pokiston va Hindistonda ham ko'p.

So'fiylar doimiy bosim ostida ekanini aytib keladi. Har yili hukumat bilan to'qnashuvlarda o'nlab odamlar nobud bo'ladi.

Eronda hukmron tuzum shia mazhabida va boshqa e'tiqod vakillarini himoya qilmaslikda ayblanadi. Tehron rasmiylari buni inkor etib, "barcha fuqarolarning huquqlarini hurmat qilamiz" degan bayonot berib turadi.

Lekin vaziyatni o'rgangan BMT va huquq tashkilotlari buning aksini qayd etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG