Breaking News

Los-Anjeles shahridagi "Kichik Eron" umidi

  • Amerika Ovozi

Kichik Eron: Xalq hukumatga ehtiyojini aytishga haqli
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00

Kichik Eron: Xalq hukumatga ehtiyojini aytishga haqli

Eron hukumati xalq noroziligini bostirishga urinarkan, 400 dan ortiq fuqaroni hibsga olgan. Kamida 21 odam qurbon bo’lgan. Minglab namoyishchilar orasida Eron rejimini qo’llab-quvvatlayotganlar ham bor. Bu jarayonni Amerikadagi eronliklar ham kuzatib turibdi. Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahridagi “Kichik Eron”dan hikoya qilamiz.

Los-Anjeles shahridagi “Kichik Eron” ahli diniy rejimga asoslangan Eron hukumatini yoqtirmaydi. Ular Eron siyosatini korrupsiya va samarasiz boshqaruv deb biladi.

“Xalqning toqati toq. Diniy rejim bilan na xalqni boshqarib bo’ladi, na barqarorlikni ta’minlab”, - deydi Amerikadagi eronlik.

AQShdagi eronliklar fikricha, Eron siyosati xalqni ezishga qaratilgan.

“Xalq g’azabda, ayniqsa, yoshlar ta’sirchan. Noroziliklar yanada og’irroq zo’ravonlikka yetaklashidan xavotirdamiz”, - deydi yana bir eronlik.

Amerika rasmiylari Eron o’z xalqiga bosim qo’llashiga tanqidiy yondashmoqda. Biroq AQSh chora ko’rishda ehtiyotkor bo’lishi kerak, deydi kuzatuvchilar.

“Agar AQSh biror shaklda aralashsa yoki biror guruhni boshqasiga qarshi qo'llab-quvvatlasa, Erondagi konservativlar uchun bu namoyishchilarga yanada ko'proq kuch ishlatishga bahona bo’lishi mumkin”, - deydi Janubiy Kaliforniya universiteti professori Muhammad Sahimiy.

Eron oliy diniy peshvosi bu tartibsizliklarda xalq dushmanlarini, Los-Anjeles matbuoti esa Eron hukumatidagi korrupsiyani ayblamoqda.

“Bir kami tashqi davlatlar va tashqaridagi odamlardan ayb qidirish qoldi. Bu noto’g’ri”, - deydi noshir Bijon Xaliliy.

Biznesmen Tod Xodadadiyning fikricha, eronliklarning noroziligi asosli.

“Xalq o’z huquqlari uchun bosh ko’tardi. Qaniydi, ularning ehtiyoji tinch yo’l bilan qondirilsa”, - deydi u.

Amerikadagi yana bir eronlik Farhod Bashoratiy xalq ozodlikka loyiq deydi.

“Eronliklar ko’p narsa so’rayotgani yo’q. XXI asrdamiz, erkinlik kerak xolos. Hukumat o’z xalqini o’ldirishi esa adolatdan emas”, - deydi u.

Amerikadagi eronliklar har bir xalq o’z hukumatiga istak-xohishlarini erkin bildirishga haqli ekanini va bunday namoyishlar tinch yo’l bilan hal qilinishi lozimligini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG