Breaking News

Iroqdagi namoyishlarda o'lganlar 70 dan oshdi, komendantlik soati bekor qilindi


Iroqda qonli namoyishlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00

So’nggi kunlarda Iroqning qator shaharlarini namoyishlar qamrab oldi. O'tgan besh kunda 70 dan ortiq odam xavfsizlik kuchlari o'qidan o'lgan. Bag’dodda komendantlik soati joriy etilib, qator rayonlarda internet uzilgan edi. AQSh Iroq hukumatini bosiqlikka chaqirmoqda. Mazhablararo nizolar avj oladi degan xavotir bor.

Hukumat joriy etgan komendantlik soati 5-oktabr kuni bekor qilindi. Iroq Bosh vaziri Odil Abdul Mahdi namoyishchilarning talablari asosli ekanini aytsa-da, xalqni tinchlikka chaqirmoqda.

Odamlar iqtisodiy sharoit, ishsizlik, zaif hukumat va korrupsiyadan norozi. Ko’pchilik asosiy xizmatlar ta’minlanmayotganini aytadi. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi ko'zni yoshlantiruvchi gaz va qurol qo'llagan.

Nufuzli shia ulamosi Mustaqa al-Sadr hukumatni iste'fo berishga, BMT yetakchiligida erta saylovlar o'tkazishga chaqirmoqda.

Iroq armiyasi 2017-yilda Musul shahrini “Islomiy davlat” guruhidan qaytarib olgandan so’ng g’alaba e’lon qilgan edi. Ikki yil o’tibdiki, progress sezilmaydi.

Iroq qanday qadamlar tashlashi kerak? Mamlakatdagi asosiy etnik va siyosiy guruhlar vakillari, sunniy, shia va kurdlar Britaniyada yig’ilib, shuni muhokama qildi. Bosh vazir maslahatchisi Lait Kubbaning aytishicha, “Islomiy davlat” mag’lubiyati mamlakat uchun burilish nuqtasi bo’la oladi.

“Iroqda mazhabchilik juda yuqori edi. ISHiD Mosuldan haydab chiqarildanidan keyin g’arbiy viloyatlarda ahvol tubdan o’zgardi. Bugungi kunda milliy bir hakarat boshlash uchun imkoniyat bor”, - deydi rasmiy.

Ammo hukumatda hanuz mazhabiy bo’linishlar mavjud. Dia al-Saday Muqtada al-Sadrning vakilidir.

“Iroqdagi siyosiy tizim markazlashmagan, federal tizim deb ta’riflanadi. Ammo aslida federalizm yo’q, federal hukumat mavjud emas. Ko’pgina joylarda mahalliy hokimiyatlar ularga zarur bo’lgan vakolatga ega emas. Ular kutilgan xizmatlarni yetkazib bera olmaydi, chunki yetarli vakolati yo’q”, - deydi al-Saday.

Shimoldagi Kurdiston avtonom viloyati 2017-yilda referendum orqali Iroqdan ajralib chiqishga harakat qilgan edi. Viloyat Ichki ishlar vaziri Karim Sinjariyga ko’ra, Iroqda davlatchilik asoslari mustahkam emas.

“Iroqda yashovchi turli guruhlar o’rtasida qandaydir milliy yarashuv bo’lishi darkor. Sunniylar ham, masalan, o’zlarini Iroqning bir qismi deb bilsin, siyosiy qarorlarda qatnashsin”, - deydi vazir.

Hozirgi muammolar yaqin tarixga borib taqaladi. Shunisi aniqki, yoshlar o’zgarish istaydi.

“Iroqda 20 yoshga yetmagan 20 million aholi bor. Ular Saddam Husaynni eslamaydi, undan oldingi vaziyat va siyosiy masalar bilan ishi yo’q. Ularga xizmatlar, maktab va kasalxonalar kerak. Yoshlarning sabri tugayapti”, - deydi bosh vazir maslahatchisi.

Sabrsizlik g’azab va zo’ravonlikka yetaklamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG