Breaking News
Din

"Iyegova shohidlari" kim va nima uchun ta'qib qilinadi?


“Iyegova shohidlari” eskidan ta’qibda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:42 0:00

Fransa Prezidenti Emmanuel Makron.

“Iyegova shohidlari” oqimi dunyo bo’ylab ta’qibga uchrashi eskidan bor. Bir necha mamlakatda ularning faoliyati man etilgan yoki cheklangan. Rossiyada guruh ekstremist deb tamg’alangan, Janubiy Koreya va Eritreyada uning a’zolari qamoqda.

Dunyo bo’ylab tarqalgan “Iyegova shohidlari” tashkilotining bosh idorasi New-York shtati, Vorvik shahrida joylashgan.

Shohidlar o’z e’tiqodi targ’ibotini shu yerdan boshqaradi, turli davlatlarda a’zolarining huquqlari buzilganini shu yerdan kuzatib boradi. Guruh o’z binolarini Betel deb ataydi, ularni ko’ngillilar boshqaradi.

“800 ga yaqin odam yashaydi bu yerda”, - deydi tashkilot so’zlovchisi Brays Hemmelgarn.

Bu yerdagi sharoit kommunal hayotni eslatadi. Shu yerda yashab, ishlashadi, hamma birga ovqatlanadi. Binoda yashovchilar uchun barcha sharoit bor. Tibbiy va maishiy xizmatlar deyarli tekin, lekin huquq va erkinliklar cheklangan. Masalan, farzand ko’rish mumkin emas.

“Farzandli bo’lishni judayam xohlagan paytlarimiz bo’lgan. Lekin hozir bor kuchimizni dunyo bo’ylab Injil targ’ibotiga qaratganmiz. Voizlik qilamiz”, - deydi Hemmelgarn.

“Iyegova shohidlari” oqimining dunyo bo’ylab 8,5 million a’zosi va 120 mingdan ortiq jamoat markazlari bor. O’zlarini haqiqiy nasroniy deb bilsa-da, Isoga emas, Iyegova xudosiga sig’inadi. Muqaddas uchlikni, nasroniy bayramlarni tan olmaydi. Sekta a’zolari Injilni o’zgacha talqin qilishi, shuningdek, qiyomat haqidagi bashoratlari bilan tanilgan.

Eng ko’p munozaraga sabab bo’lgan aqidalaridan biri shuki, shohidlar hatto o’lim holatida ham boshqa odamning qonini qabul qilishdan bosh tortadi. E’tiqodi bunga yo’l qo’ymaydi.

“Rafiqam bilan shunday holatni boshdan o’tkazdik. Qon quydirish kerak edi, rafiqam istamadi. Boshqa chorasini izladi”, - deydi Robert Zik.

Bunday qarashlar dunyo bo’ylab hukumatlar va jamoalar tanqidiga uchragan. Masalan, Rossiyada bu oqimga ekstremistlar deb qarashadi.

AQShda “Iyegova shohidlari” milliondan ziyod a’zoga ega. Ular Injildan ta’lim beruvchi ruhoniylar sifatida tanilgan. Chet tillarni faqat bitta maqsadda o’rganishadi - o’z e’tiqodini targ’ib qilish uchun.

Ular xonadonma-xonadon eshik qoqib yurishdan erinmaydi. Xudoning so’zlarini va Injilning o’zgacha talqinini shu tariqa yetkazishga harakat qilishadi. Farzandlariga ham voizlik qilishni bolalikdan o’rgatadi.

“5 yoshimdayoq targ’ib qilishni boshlaganman, eshikma-eshik yurardik”, - deydi ulardan biri.

Injilni o’qitish va targ’ib qilish uchun kerakli adabiyotlar 10 ta nashriyotda bosib chiqariladi va chet davlatlarga eksport qilinadi. Eng katta nashriyot Nyu-Yorkda. Guruhning o’z jurnali ham bor.

“Iyegova shohidlari” bu ishlarini to’xtatish niyati yo’q. Ularni qolaralashsa-da, voizlikdan voz kechmoqchi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG