Breaking News

Trampning kuyovi - Yaqin Sharq bo'yicha bosh rasmiy


Jared Kushner, Prezident Trampning maslahatchisi va kuyovi
Jared Kushner, Prezident Trampning maslahatchisi va kuyovi

Jared Kushner, Prezident Donald Trampning kuyovi va Yaqin Sharq bo'yicha bosh maslahatchi mintaqaga safar qilib, rahbarlar bilan muloqotda. Isroil va Falastinda alohida uchrashuvlar kechgan. Kushnerning oilasi Bosh vazir Benyamin Netanyahu bilan azaldan tanish - Quddusda bu safar uch yarim soat muloqot qilgan. Ramallohda esa Prezident Mahmud Abbos bilan uzoq gaplashgan.

Hali biror yangilik yo'q, deya bildiradi Oq uy, lekin Kushner tinchlik tomon dadil qadamlar tashlashga bel bog'lagan.

Respublikachi va demokratlar Isroil va Falastin yonma-yon yashaydigan ikki mustaqil davlat bo'lishi kerak degan fikrda yakdil lekin chegara qanday belgilanishi kerak, Quddus kimga tegadi va xorijdagi millionlab falastinliklar taqdiri qanday bo'lishi yuzasidan turlicha pozitsiyada.

Kushner, deydi rasmiylar, avvalo Amerika siyosiy doiralarda bu masalalar borasida til topishishga harakart qilmoqda.

Tramp o'tgan oy Yaqin Sharqda bo'ldi va Isroil hamda Falastin rahbarlari bilan gaplashib oldi. Tomonlar bir-birini tushunadi, deydi Kushner, lekin oldinga intilib, mojaroni hal etish kerak. Yahudiylar ham, Falastin ahli ham, qolaversa orada vositachilik qilib kelayotgan Amerika ham barqarorlik istaydi.

Prezident Tramo va oilasi Yaqin Sharqqa o'tgan oy safar qildi
Prezident Tramo va oilasi Yaqin Sharqqa o'tgan oy safar qildi

"Bu - xavfsizlik, farovonlik va tinchlik yo'lida yana bir imkoniyat", - deydi Netanyahu Kushber bilan uchrashar ekan.

Kushner jurnalistlar bilan gaplashmagan va uchrashuvlar haqida juda oz ma'lumot mavjud.

Kuyovi vositachilik vazifasiga kirishar ekan, Tramp unga chuqur ishonch bildirmoqda.

Isroil Iordan daryosining G'arbiy sohili, Quddus sharqi va G'azo sektorini bosib olganiga shu kunlarda 50 yil bo'ldi. Falastin ahli bu yerlar unga qaytarilishini talab qilib keladi.

Netanyahu bunga rozi emas. Quddus ham Isroil hududi, deydi u, biroq arablar uchun uning sharqiy qismi ona yer. Falastin mustaqillik erishsa, bu hudud poytaxt bo'lishi ko'zlangan.

Oq uy Isroilni bosib olgan yerlarida yangi uy-joy qurmaslikka undab keladi. Mojaroni keskinlashtirayotgan eng katta omil shu. Lekin Netanyahu oxirgi oylarda yangi loyihalarni tasdiqlagan. Arab yerlarida yahudiy posyolkalari barpo etiladi.

Isroil Moliya vaziri Moshe Kalon deydiki, arablar yashaydigan hududlarni ham rivojlantirish rejalangan. Maqsad tinchlikda yashash bo'lsa, falastinliklar yahudiy hukumatiga quloq tutsin, deydi u.

Kushner Ramallohda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan, 21-iyun, 2017
Kushner Ramallohda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan, 21-iyun, 2017

Isroil davlati uchun xavfsizlikni ta'minlash asosiy o'rinda qoladi, deydi Netanyahu, unga qarshi qadam qo'ygan har bir inson - dushman.

Arab aholi jangarilar tarafida bo'lsa, ularning holi voy. Vaziyatni Isroil harbiylari doimiy ravishda kuzatadi. Tumanlarga kirish chiqish qattiq tekshiruvda. Natijada falastinlik g'azabda. Ular o'z yurtida zulm ostida ekanini aytadi. Norozilik namoyishlari, to'qnashuvlar kundalik hol.

Falastin ahli orasida Amerika hukumatiga nafrat kuchli. Bu xalq yetakchilari Vashingtonni Isroilni muntazam moylab, yahudiylar manfaati uchun ish ko'rayotganlikda ayblaydi.

Netanyahu yangi qurilishlarni buyursa-da, AQSh hukumati buni faqat so'zda qoralab, o'zini ko'rmaganga olmoqda, deydi Falastin siyosatchilari. Oq uy muzokara qiling deya qanchalik undamasin, undan nima natija bo'lishiga ishonch past.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG