Breaking News

2019-yilgi “Oskar” sovrindorlari turli irq va elat vakillari


2019-yilgi “Oskar” mukofotining sovrindorlari turli irq va elat vakillari. Har bir kategoriya bo’yicha bu sovringa ko’rsatilganlar o’ziga xos inqilob qilgan ijodkorlar.

"Oskar" taqdimotida irqiy tenglik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:14 0:00

​Maxershala Ali - “Yashil kitob” (“Green Book”) kartinasidagi roli uchun 2019-yilgi “Oskar”ning ikkinchi darajali eng yaxshi aktyori nominatsiyasi g’olibi. Kartina, shuningdek, eng yaxshi ssenariy nominatsiyasini ham qo’lga kiritdi.

“Maxershala Ali ijrosi shunchalar tabbiiyki, xuddi hech bir urinishlarsiz, oson, yengil ko’rinadi. Minglab ssenariylarni o’qib chiqdim, uchtasini o’zim yozganman. Dramaturgiya, yumorga tabiiylik berish qanchalar qiyin ekanini bilaman. Voqealar rivojlanishidagi dinamika, mavzuning bir maromda rivojlanishi ortidagi “kosa tagida nim kosa” gaplar, bularning hammasi muvozanat va mahorat talab qiladi. Uddasidan chiqsagina, tomoshabinga nimadir beradi”, - deydi Vigo Mortensen.

“Yashil kitob” filmida irqiy tenglikni to’g’ri ta’minlay olgani muvaffaqiyat keltirdi.

Meksikalik kino ustasi Alfonso Kuaron “Roma” kartinasi uchun eng yaxshi kinematograf, eng yaxshi xorijiy tildagi film, eng yaxshi rejissyor deya mukofotlandi. U meksikalik xizmatkor, irqiy va sinfiy bo’linishni tasvirlash orqali dunyo bo’ylab ayollar chekadigan iztirobni yoritadi. Taqdimot marosimida u kartinaning bosh rollarini ijro etgan Yalitsa Aparitsio va Mariya De-Taviralarga alohida tashakkur izhor qildi.

“Roma” kartinasi mashhurlikka erishmagan, “Netflix” kompaniyasining filmlar to’plamiga kiritilmagan, global tomoshabinga taqdim etilmagan. Jorj Meyson Universitetidan kinoshunos Richard Greyg turli irq va elatlarni yorituvchi filmlar asosan internetda tarqalayotganini aytadi.

“Maqsad, Gollivudgacha yetib borolmaydiganlarning ovozini olib chiqish, katta maydonda kurashishgacha yetib borolmaydigan hikoyalarga imkon berish”, - deydi u.

Oliviya Kolman Britaniya kinoustalari yaratgan “Favorit” (“The Favorite”) kartinasidagi Britaniya qirolichasi roli uchun eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida yutdi. Syujet qirollik, davrning siyosiy qarashlarini uch ayol nazarida aks ettirgan.

“Qora panterra” (“Black Panther”) "Oskar"ning uch nominatsiyasiga loyiq topilgan yana bir kartina. Film eng yaxshi musiqa, eng yaxshi kostyum va eng yaxshi dizayn nominatsiyalari bo’yicha “Oskar” oldi. Hanna Bichler va Rut Karter - kostyumlar bo’yicha mukofotga loyiq topilgan birinchi qora tanli amerikaliklar. Ularning aytishicha, liboslar ayollarni kuchli qilib ko’rsatishni nazarda tutadi.

“Kostyumlar qudratli, qurolli, chiroyli ham. Kostyum qurollari zeb-ziynatday, jozibador ranglar bilan ishlangan. Kostyumni kiygan qahramonlar ham tarixga hurmat bilan qarashi nazarda tutilgan. Kiygan odam kabi men ham o’zimda kuch his qilaman”, - deydi Rut Karter.

Rejina King “Bil ko’chasi tilga kirsaydi” (“If Beale Street Could Talk”) kartinasidagi roli uchun ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa deb topildi.

Spayk Li ishlagan “Blackkklansman” filmi eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy deya mukofotlandi. Amerikadagi irqiy munosabatlar haqidagi kartina.

Rami Malik “Oskar”ning eng yaxshi aktyori nominatsiyasiga “Bogema rapsodiyasi” (“Bohemian Rhapsody”) kartinasidagi roli uchun sazovor bo’ldi. Syujet Britaniya rok guruhi xonandasi taqdiri, muhojirlik, jinsiy tengsizlik kabi mavzularga qaratilgan.

Eng yaxshi animatsion kartina - “O’rgimchak odam” (“Spider-Man”) multiplikatsion filmi. Bu safar bosh qahramon qora tanli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG