Breaking News

Bishkek yaqinida yuk samolyoti qulab 37 kishi o'lgan


Dushanba kuni Turkiyaga qarashli yuk samolyoti Qirg’izistonning Manas aeroportiga 25 kilometr qolganda halokatga uchradi. 37 odam, jumladan bolalar va ekipajning besh a’zosidan to’rt nafari o’lgan.

ACT xususiy kompaniyasiga tegishli samolyot Gonkongdan Bishkek orqali Istanbulga ketayotgan edi. Samolyot Dacha-Suu posyolkasiga qulagan. 15 uy vayron bo'lgan.

Dastlab fojia sababi sifatida ob-havoning yomonligi ko'rsatilgan edi, ammo Qirg'iziston bosh vazir o'rinbosari Muhammadqali Abulg'oziyevning aytishicha, pilot qo'nishda xato qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG