Breaking News

Millionlab tonna chiqindi qayoqqa ketadi?


Amerikada chiqindini qayta ishlab chiqish – odatiy hol. Va yirik sanoat ham. Ko’pgina shtatlarda axlat hajmini kamaytirish, qayta ishlash va yangi mahsulotdan foydalanish - qonuniy talab. “Amerika Ovozi” Merilend shtatidagi bir zavodda bo’ldi.

Axlat tashlanadigan idish. Amerikada axlatni turiga qarab boshqa boshqa qutilarga tashlaysiz. Biriga qog’oz, yana biriga plastmassa, shisha va bankalar… Keyin ular qayerga ketadi?

“Odamzod axlat chiqarar ekan, biz ham ishsiz qolmaymiz”,- deydi Yexnyu Gedshyu, Merilend shtatidagi qayta ishlab chiqarish markazi rahbari.

“Soatiga 35 tonna axlat qayta ishlanadi”.

Shuncha axlat. Uni nima qilasizlar, deya so’raymiz mutaxassisdan.

“Avvalo axlat bu yerga olib kelinadi. Ular bor narsani yerga ag’daradi. So’ngra biz uni ko’zdan kechiramiz, quti va boshqa narsalarni ajratib olamiz”,- deydi Gedshyu.


Plastmassa idishlar ayniqsa bebaho mahsulot
Plastmassa idishlar ayniqsa bebaho mahsulot
Qolgan axlat boshqa konveyerga o’tadi. Plastmassa va shisha aynan shu yerda qoladi. Shisha, oyna maydalanadi. Plastmassa narsalar pachaqlanadi. So’ngra yana konveyerda...

“Bu mashinani juda aqlli deyish mumkin. Konveyer hamma narsani bunkerga olib keladi, u yerdan o’rash mashinasiga o’tadi, o’raladi, so’ngra muayyan manzilga yuboriladi. Bori shu”,- deydi mutaxassis.

Aksariyat hududlarda xonadonlardan chiqadigan axlatni bir-biridan ajratish talab qilinadi. Gedshyu deydiki, markazda ular yana alohida ajratiladi.

“Axlat biror xonadonda yaxshi ajratilmasa, muammo yo’q. Biz o’zimiz bu ishni qilamiz. Odamlarga osonroq bo’ladi. Xohlashsa, hamma narsani bir idishga tashlashsin”.

Plastmassa Shimoliy Karolina shtatiga, bu yerdan 500 kilometr uzoqlikdagi chiqindini qayta ishlab chiqarish zavodiga yuboriladi. Baklashkalar pachaqlanib eritiladi va yangi bir narsaga aylanadi.

Amerikada chiqindini qayta ishlash sanoati/Recycling business in the US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:32 0:00
Yuklab oling
XS
SM
MD
LG