Breaking News

AQSh bosh diplomati Indoneziyaga: Uyg’urlar taqdiriga ko’z yummang


Xalqaro hayot - 30-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:50 0:00

Janubiy Osiyo bo’ylab safari davomida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni keskin tanqid qildi. Indoneziya rahbarlari bilan uchrashuvda diplomat Xitoy Kommunistik partiyasini dunyoda diniy erkinlik uchun eng katta tahdid deb atadi.

Pompeoning aytishicha, Pekin terrorizmga qarshi kurash yoki qashshoqlikni kamaytirish bahonasida uyg’urlar va boshqa ozchilik guruh vakillarini xo’rlaydi. Asl maqsad, deydi u, kuzatuv va nazorat.

Poytaxt Jakartada musulmon yetakchilar va yoshlarga murojaat qilar ekan, Pompeo ularni Xitoydagi musulmon aholi taqdiriga befarq bo’lmaslikka chaqirdi.

“Xitoy sizlarni musulmon birodarlaringiz dardiga e’tibor bermang, deya ko’ndirishga urinyapti. Xitoy amaldorlari uyg’urlar zamonaviy hayot ilinjida, taraqqiyot mevalaridan bahramand bo’lish uchun etnik, diniy va madaniy o’zligidan voz keshishga rozi ekani haqida ertak to’qiyapti. Bular haqida eshitganingida, yuragingizga quloq tuting”, - deya undadi AQSh bosh diplomati.

Qo’shma Shtatlar qatorida boshqa G’arb davlatlari va huquq tashkilotlari ham Xitoyni bir milliondan oshiq uyg’urni Shinjondagi lagerlarda saqlayotgani uchun qoralab kelmoqda. Faollar Pekinni uyg’ur tili va madaniyatini yo’q qilib, majburiy assimilyatsiya siyosatini olib borayotganlikda ayblaydi.

Xitoy ushbu da’volarni rad etib, lagerlarni “kasb-hunar markazlari” deb ataydi.

Huquq himoyachilariga ko’ra, dunyodagi barcha hukumatlar uyg’urlar saqlanayotgan yirik lagerlar haqida o’z fikrini bildirishi kerak.

“Xalqaro Amnistiya” huquq tashkiloti vakili Joan Lin Pompeoning bayonotini olqishlamoqda.

“Xitoyda inson huquqlariga oid ahvol ayanchli. Barcha rahbarlar, jumladan musulmon mamlakatlar yetakchilari, Xitoyning uyg’urlarga nisbatan muomalasi yuzasidan o’z xavotirini Pekinga yetkazishi lozim”, - deydi Lin.

Mayk Pompeoning aytishicha, Indoneziyada turli e’tiqod vakillari, turli etnik guruhlar va siyosiy mafkuralar hamjihatlikda hayot kechiradi. Mamlakat bu borada boshqalarga namunadir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG