Breaking News

Ramazon Amerikada ham katta bayram


Nyu-York musulmonlari

Ramazon Amerikada ham katta bayram. Bu mamlakat millionlab musulmonlarga vatan. Bir oylik ro’za davrida musulmonlar iftor bohona diydorlashadi, duolar, ehson ulashadi.

AQShda ham hayit
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:04 0:00

​Vashingtonga qo’shni Virjiniya shtatida qariyb 3 mingga yaqin musulmon kurd oilalari istiqomat qiladi. Kichik Kurdistonga aylangan mahallada Pshder Mirovdali oilasi ular orasida faol. Ro’za kunlari bir qancha kurdlar shu xonadonda iftorlikka yig’ilishni odat qilgan.

“Qarindosh bo’lib ketganmiz. Masjidga ham birga boramiz. Arab, eroni, afg’onlar bilan ham kelishadi. Odatda qo’shnilar bilan ko’pchilik bo’lib, “og’iz ochar” qilamiz. Farzandlarimiz qadriyatlarimiz, Ramazonning muhimligini anglasin deymiz. ”, - deydi xonadon sohibi.

Poytaxt yaqinidagi Potomak daryosining bir tomoni Merilend shtati. Bu yerda ham ko’pchilik bo’lib iftor qilishga odatlangan musulmon jamoalar bor. Merilendning Lanham shahrida asosan turklar qo’nim topgan. Amerika diyonat markazi atrofdagi yuzlab musulmon yoki musulmon bo’lmaganlarga ham iftorlik tarqatdi.

Bunda mahalliy rasmiylar ham qatnashdi. Ulardan biri - kongressmen Jon Sarbanes.

“Iftorlikka taklif qilishganidan mamnunman. Musulmon birodarlarimiz bilan Ramazonni nishonlash, non ushatib iftorlik qilishning ham gashti bor”, - deydi u.

Masjidda bo’ladimi, oila yoki do’stlar davrasida, Amerikada ham musulmonlar iftorlik bahonasida islom ta’limotiga sodiq ekanini ko’rsatishga harakat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG