Breaking News

Dunyo bo'ylab 1300 nafarga yaqin jurnalist qamoqda


Matbuot erkinligi uchun namoyish, Varshava, Polsha, 3-iyun, 2021

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasiga ko'ra, dunyo bo'ylab hozir 1293 nafar jurnalist panjara ortida. Ular 37 mamlakatda bo'lib, qamoqdagi muxbirlar soni o'tgan yili 280 nafar edi.

Xitoyda 50 nafar va bu eng katta son. Myanma, Misr, Vyetnam va Belarus ham bu borada yetakchi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasidan Gipsi Gullyev Kayzer deydiki, global maydonda demokratik tamoyillar chetga surilgani shunday ayanchli holatlarga yetaklamoqda.

“Avtoritar davlatlarda jurnalistlar yolg'onchilar va jinoyatchilar deb tasvirlanadi. Erkin va mustaqil media yo'q, xolis jurnalistika bo'lishi mumkin emas, degan propaganda kuchli".

Jurnalistlarni jazolash uchun yangidan-yangi qonunlar amalda, masalan, Myanmada qo'rqinch urug'ini sochish jinoyat deb belgilangan va hukumat har qanday tanqidga shunday tamg'a qo'yib, OAVlarni tekshirmoqda.

Ayni damda Oq uyb bilan Demokratiya uchun virtual sammitda bo'lgan 100 dan ortiq hukumatlar orasida ham jurnalistlarni qamaganlar ko'p. Xususan, Braziliya, Kongo Demokratik Respublikasi, Hindiston, Iroq, Isroil, Nigeriya va Filippin.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi nazarida demokratiyani erkin matbuotsiz yuritish va rivojlantirish mumkin emas.

Xitoyda qamoqdagi jurnalistlarning yetti nafari Gonkongda, oldin erkin hisoblangan o'lkada. "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotiga ko'ra, aslida Xitoyda 127 jurnalist erkinlikdan mahrum.

Parijda asoslangan bu guruh norasmiy jurnalistlarni ham bu ro'yxatga qo'shgan. Nyu-Yorkdagi tashkilot Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi esa jurnalist deganda OAV xodimi yoki mustaqil ravishda ishlaydigan professionalni nazarda tutadi.

Belarusda o'tgan yili 10 jurnalist qamoqda edi, bu yil 19. Turkiyada 38 nafar edi, hozir 18. Saudiya Arabistonida 14 jurnalistdan 10 nafari ozod etilgan.

AQShda bu yili 57 jurnalist hibsga olingan, keyinchalik qo'yib yuborilgan. O'tgan yili 142 jurnalist bunday hollarni boshdan kechirgan edi.

Amerikada OAV xodimlari aksariyat hollarda ommaviy namoyishlar paytida politsiya tomonidan olib ketiladi. Bu yili 141 jurnalist zo'ravonlikka uchraganini da'vo qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG