Breaking News

Moskvada o'zbekistonlik o'ldirilgan, musulmonlarga qarshilik kuchli


Parij, London va Berlinda musulmonlar ko’paygani o’ziga xos o’zgarishlar olib keldi. Endi navbat Moskvaga. Muxbirimiz Jeyms Brukning xabar berishicha, Rossiya poytaxtida diniy va demografik manzara kun sayin yangilanib bormoqda. Jamoatchilik orasida qarshilik kuchli, ammo musulmonlar hech qayoqqa ketayotgani yo’q.

Moskva: Musulmonlar - kelgindilar/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:06 0:00
Yuklab oling

Bugun Moskvada ikki million musulmon bor. Yevropada musulmonlar soni jihatidan birinchi o’rindagi shahar.

Kecha Iydul Adha, qurbon hayiti namoziga o’n minglab odamlar chiqdi, masjidlarda joy yetmaganidan ko’chada asfaltga joynamoz solib, ibodat qilindi. O’tgan yili yomg’ir va qor ostida namoz o’qilgan edi.

Shahar bo’ylab to’rt masjid bor xolos.

Abdul Bari Sultonov aslida Tataristondan ekan:

“Moskvadagi har bir mahallada masjid, madrasa yoki diniy maktab bo’lishi kerak”.

Rus pravoslav cherkovi poytaxtda 200 yangi ibodatxona barpo etmoqda, lekin yangi masjid qurishga ruxsat olish qiyin, deydi taqvodor.

Musulmon faol Geydar Jamol Kremlni ataylab masalani qiyinlashtirayotganlikda ayblaydi.

“Xalqni turli yo’llar bilan ezishga o’rgangan tuzum bu. Bir narsani tushunishmaydi: vaqt o’tishi bilan aslida ularning o’zi qiynaladi, chunki jamiyat o’zgarmoqda”,- deydi Jamol.

Moskva meri Sergey Sobyanin biror yangi masjid qurilmaydi deya bong urmoqda. Namoz o’qiydiganlarning deyarli hammasi kelgindilar va ular baribir vataniga ketadi, deydi u.

Yaqinda rus matbuotida gapirar ekan, Sobyanin Moskva aholisining atigi 10 foizi musulmonlar va ular uchun masjid barpo etishga hojat yo’q, dedi.

Sobyaninning Kreml bilan tili bir va saylovchi nima xohlashishi ham biladi. O’tgan kunlar ichida Moskvada kelgindilarga qarshi kayfiyat keskinlashib, markaziy osiyolik va kavkazlik ishchilarga nafrat oshgan.

O’tgan hafta bir rus yigit Biryulevo tumanida pichoqlab ketilgan. Yegor Sherbakov degan bu shaxsning o’limida ozarbayjonlik Orhan Zeynalov gumon qilinmoqda. Lekin ko’chada migrantlarga lan’at aytayotganlar uchun ularning qayerdan kelgani muhim emasdek, gap ularning ajnabiy ekanida.

Zo’ravonliklar avj olib, 2000 migrant hibsga olingan. Siyosatchilar kelgindilarga ish va turar joy bermaslik kerak degan talablar bilan chiqmoqda.

Musulmon davlatlardan kelayotganlardan viza talab qilish kerak, hozir darvozani lang ochib qo’yganmiz, deydi millatchi guruhlar.

“Interfaks” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Biryulevo tumanida bir o’zbekning jasadi topilgan. Pichoqlab ketilgan, deydi bu borada qidiruv ishlari boshlagan tergovchilar. Marhum 51 yoshda bo’lgan va qattiq jarohatlardan o’lgani aniq, deydi Sergey Stukalov, Rossiya tergov qo’mitasining mahalliy vakili.

Isolda Kukushkina Ukrainadan Moskvaga kelib yashayotgan slavyan ekanini aytadi. Cherkoviga ketayotib, ko’cha to’la musulmonlarga ko’zi tushib, dahshatda.

“Nahotki, Moskva kelajagi shu bo’lsa”,- deya xavotirlanadi u. “Moskva slavyanlarniki va shunday bo’lib qoladi”.

Tolerantlikni targ’ib qilayotgan ruslar nazarida esa jamiyat yangilanayotganini tan olib, barcha din vakillari uchun zarur sharoit yaratilishi kerak, bag’rikeng bo’lmagan mamlakat ravnaq topmaydi. Lekin ularning ovozi millatchilarning hayqiriqlari ostida ko’pchilikka eshitilmayapti.

O'zbekistonlik sharhlovchi, huquqshunos Suhrobjon Ismoilov deydiki:

"Muhojirlar Rossiya uchun ham, muhojirlarning vatanlari uchun ham birdek muhim va kerak. Rossiyadagi muhojirlarning xulq-atvori bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy vaizyatning oynadagi aksidir. Shuning uchun ularning xulq-atvori Rossiyadagi ahvolning o'zgarishi bilan juda ham kuchli bog'liq. Shuning uchun huquq-tartibot chora-tadbirlarini kuchaytirish, viza tartibini joriy etish va xullas ko'proq kuch ishlatish tiizimlariga urg'u berish degan takliflar ushbu muammoning yechimiga olib kelmaydi. Muammoning yechimi Rossiyadagi umumiy ijtimoiy-siyosiy ahvolning liberallashuvida va ijobiy tomonga o'zgarishidadir".

Rossiyada immigratsion islohotlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:31 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG