Breaking News

Suriyaning Aleppo shahrida portlashlar, 25 odam o’lgan


Suriyaning Aleppo shahrida portlashlar asorati
Suriyaning Aleppo shahrida portlashlar asorati

Suriya davlat matbuotining yoritishicha, bugun shimoldagi Aleppo shahrida ikki portlash 25 odamni hayotdan olib ketib, 175 fuqaroni jarohatlagan.

O’tgan yili boshlangan norozilik namoyishlar deyarli sezilmagan bu tijoriy shaharda razvedka va xavfsizlik xizmatlari binolari nishonga olingan.

Suriya davlat televideniyesi qonli manzara, kuygan jasadlarni namoyish qilib, xurujda terrorchilarni ayblamoqda.

Isyonchilar manzili sanalmish Hims shahri esa mana yetti kundirki qamalda, deydi faollar. Shanbadan beri hududda yuzlab odam o’ldi, bir necha tuman suv va eletr tokisiz qolib, kundalik mahsulot tugab bormoqda, deydi ular.

AQSh prezidenti Barak Obama Suriyadagi voqealarni “dahshatli qon to’kilishlari” deb atab, xalqqa qarshi bosimni zudlik bilan to’xtatishga chaqirmoqda.

Himsdan bir faolning “Amerika Ovozi” ga aytishicha, armiya siquvidan ko’chada 10 qadam yurib bo’lmaydi.

“Kundan kunga ahvol og’irlashib borayapti, qayoqqa qaramang o’lim, kasalxonalar yaradorlarga to’la”, - deydi u.

Suriyaning Zabadani va Dar'o viloyatlarida ham to’qnashuvlar haqida xabarlar bor. Talofatlarni tasdiqlash mumkin emas, chunki hukumat mustaqil matbuotni hududga yo’latmayapti.

Prezident Bashar al-Assad qo’zg’olonni terrorchi tashkilotlardan ko’rib, katta talofatlar ko’rayotganini ta’kidlaydi. Muxolifat bilan gaplashishga tayyorman, deydi u.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatdagi ahvolni kuzatish uchun vakil jo’natish harakatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG