Breaking News

Qirg'iz-tojik do'stligini mustahkamlashga qaratilgan yangi gazeta


Tojik-o'zbek-qirg'iz o'quvchi qizlar
Tojik-o'zbek-qirg'iz o'quvchi qizlar
Qirg’izistonda yaqinda chiqa boshlagan gazeta «Дружба» - «Достук» - «Дусти» nashri, Qirg’iziston-Tojikiston chegarasida etnik nizolarning oldini olishni ko’zlaydi. Qirg’iz, tojik va qisman rus tillarida chop etilayotgan maqolalar Botken hamda Sug’d viloyatlarida tarqatilmoqda.

Qirg'iziston-Tojikiston-yangi gazeta-Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:29 0:00
Yuklab oling

BMTning Taraqqiyot dasturi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ko’magida nashr etilayotgan nashr hozircha oyda bir marotaba chiqarilmoqda.

“Botken oblasti, Tojikistonning Sug’d hamda O’zbekistonning Farg’ona viloyatlari bilan chegaradosh bo;lib, qardosh ellar o’rtasida azaliy bordi-keldi, do’stlik, savdo-sotiq munosabatlari mavjud. Gazetamizning maqsadi o’sha an’analarni saqlash, xalqlar totuvligini mustahkamlash, har xil tushunmovchiliklarning oldini olishga hissa qo’shishdir”, - deydi bosh muharrir Adil Batirov.

Gazetaning dastlabki sonlari qirg’iz va tojik xalqlarini bog’lovchi rishtalarga bag’ishlangan. Jimladan, qirg’izning buyuk farzandi Manas hamda uning yori tojik go’zali Qanikey muhabbati, taniqli davlat arboblari Is’hoq Razzoqov va Bobojon Gofurovlarning Xo’jand bolalar uyida boshlangan do’stligi haqidagi maqolalar qardoshlikni, asl insoniy tuyg’ularni madh etadi.

Maxsus sahifa hozirgi voqelik, iqtisodiy hamkorlik, chegaradan o’tish masalalari yuzasidan mutaxassislar chiqishlari, savol-javoblarni o’z ichiga olgan.

Mahalliy qalamkashlarning aytishicha, ikki mamlakat chegara hududlari aholisi orasida ushbu nashrga yaxshigina qiziqish va talab kuzatilmoqda.

Hozircha ro’znoma bepul tarqatilayapti. Ijodiy jamoa yaqin kelajakda uni sotuvga chiqarish, obuna tashkil etishni rejalashtirgan.

Bosh muharrir deydiki:
“Ro’znomamizni nafaqat qirg’iz, tojik va rus tillarida, balki o’zbek tilida ham chiqarish niyatimiz bor, qo’shni Farg’ona viloyati bilan ham til topishgan holda, gazetani vodiyda taniqli axborot vositasiga aylantirsak, deymiz”.

Keyingi yillarda xalqaro tashkilotlar Qirg’izistonda ko’p tilli axborot vositalari tashkil qilishga hissa qoshdi.

“Bunday nashrlar, jumladan, Botkenda chiqa boshlagan gazeta, hududda millatlararototuvlik, ahillik masalalari nechog’li muhimligidan dalolat beradi. Va bu davlat tizimlari, mahalliy hamda markaziy hukumatlar e’tibori va qo’lloviga molik tashabbus”, – deydi o’shlik qalamkash va tahlilchi Ahmadjon Muhammadjonov.

Suhbatdoshga ko’ra, bunday nashrlar odatda xalqaro tashkilotlar tomonidan qisqa muddat – 1-2 yilga moliyalashtiriladi. Mazkur amaliyot shu vaqt ichida nashr yoki radio-TV oyoqqa turib olishi va o’z-o’zini moddiy tomondan ta’minlashga o’tishini ko’zda tutadi. Ammo xorijiy ko’mak to’xtagach, o’sha axborot vositalari ham asta-sekin yopilib qolgan hollar oz emas.

Suhbatdoshlar Botken shahrida chiqa boshlagan “Dostuk” – “Dusti” ro’znomasi rivoj topishi, o’z orniga ega bo’lishiga umid qilishadi.
XS
SM
MD
LG