Tillerson: Shimoliy Koreya bilan to'g'ridan to'g'ri aloqa o'rnatdik

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson (chapda) Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan, pekin, 30-sentabr, 2017-yil.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning aytishicha, AQSh Shimoliy Koreya bilan to'g'ridan to'g'ri aloqa o'rnatgan. Maqsad rejim yetakchisi Kim Chen Unda yadroviy qurollardan voz kechish niyati bor-yo'qligini tekshirish, dedi AQSh diplomati Xitoyga safari davomida.

"Biz Pxenyan bilan aloqa yo'liga egamiz. Hech qanday aloqasiz zulmatda emasmiz. Ikki-uchta kanal Pxenyanga ochiq turibdi", - dedi Tillerson.

Shimoliy Koreya yarimorolida vaziyat keskinlashgan bir paytda Reks Tillerson Xitoy Prezidenti Si Zinpin bilan uchrashdi. Tomonlar Shimoliy Koreya yadro dasturi hamda AQSh rahbari Donald Trampning noyabrda kutilayotgan rasmiy tashrifi haqida gaplashgan.

Pxenyanga qo'shimcha sanksiyalar joriy etilgan bir paytda Vashington bu masalada Pekindan yanada ko'proq hamkorlik qilishini istamoqda. Xususan, Xitoydan Shimoliy Koreyaning ko'mir, temir, dengiz oziq-ovqati va boshqa mahsulotlarini sotib olishni to'xtatish so'ralgan.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson (chapda) Xitoy Prezidenti Si Zinpin bilan, Pekin, 30-sentabr, 2017-yil.
AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson (chapda) Xitoy Prezidenti Si Zinpin bilan, Pekin, 30-sentabr, 2017-yil.

Agar Xitoy Shimoliy Koreyadan kelayotgan import mahsulotlarini cheklasa, bu Pxenyanning daromadiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. 2016-yil Shimoliy Koreya Xitoyga qilingan eksportdan 1,5 mlrd. dollar daromad qilgan. Pekin Pxenyanning eng katta savdo hamkori hisoblanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG