Tillerson arab davlatlarini Qatar bilan murosa qilishga chaqirdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson

AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonning aytishicha, Qatar u bilan diplomatik aloqani uzgan Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari talablarini qabul qila olmasa-da, tomonlar muzokara yordamida murosaga kelib, mojaroga barham berishi lozim.

Bu va yana bir necha mamlakat Qatarni terrorizmni qo’llab-quvvatlashda ayblab, ikki hafta oldin munosabatlarni muzlatib qo’ygan edi. Vaziyatni yumshatish uchun rasmiy Doxadan ayrim talablarni bajarish so’ralgan, ammo Qatar bunga ko’nmadi.

Xususan bu davlatdan Al-Jazira televizion tarmog’ini yopish, “Musulmon birodarlar” harakati, Daish, al-Qoida va Livanning Hizbulloh harakati bilan aloqalarni uzish, Eron bilan munosabatlarni susaytirish, muxolif arboblarni topshirish hamda amirlikdagi Turkiya harbiy bazasini yopish so’ralgan. Vositachi rolini Quvayt ijro etdi.

Qatar bu talablar unga to’g’ri kelmasligini, unga qarshi qamal noqonuniy ekanini va terrorga qarshi kurashga aloqasi yo’qligini, Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi ayrim mamlakatlar Qatar suverenitetini cheklashga harakat qilayotganini, tashqi siyosatini esa chetdan yuritishmoqchi ekanini aytib, shartlarning barchasini rad etgan.

Tillersonga ko’ra, barcha taraflar vakillari bir stol atrofida o’tirib, muloqot qilishi, hissiyotlarga, do’q-po’pisalarga berilmasligi zarur.

“Qo’shma Shtatlar barcha taraflar bilan aloqa qilgan holda Quvayt amiri orqali kechayotgan vositachilik harakatlarini qo’llab-quvvatlaydi”, - dedi Tillerson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG