Breaking News

Haftaning eng ommabop 5 qo'shig'i


Ed Shiran, Nyu-York
Ed Shiran, Nyu-York

Haftaning eng zo’r yuztaligiga kirgan qo’shiqlar orasidan birinchi beshlik qaysilari ekanini bilasizmi?

Negadir yaqin o’rtada bunday ro'yxatda ayol xonandalarni ko'rmagan edik. Lekin bu safar Riyannaga tasannolar aytish kerak.

5-o’rinda: Ed Shiran - “Qomating”

Ed Shiranning 2018-yilda Britaniyada beradigan konsertiga kirish uchun muxlislar to'rtta shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi kerak. Maqsad orqa eshiklardan arzon narxlarga kiradiganlarni oldini olish.

4-o'rinda: Yorqin debyut: DJ Xalid, Riyanna va Brison Tiller - "Yovvoyi xayollar"

Aynan mana shu ijro yaqin 12 hafta ichida beshlikka saralanmagan yagona ayol xonanda ijrosi. Bunday holat 1972-yildan beri bo'lmagan. Ushanda ham 13 hafta ayol xonanda ovozi eng zo'r beshlikda yangramagan edi.

3-o'rin: Bruno Mars - "Yoqtiraman"

Bruno Mars shu uchinchi o'rinda yana bir hafta qolib ketsa ajabmas. O'tgan haftada Kamila Kbello Bruno bilan sayohatga otlanayotganini maqtangan edi. Ularning uchrashuvlari 20-iyulda Kaliforniyada boshlangan va 22-avgustgacha, atigi bir oy davom etgan. Sentabr oyida esa Dua Lipa Bruno bilan sayohatga otlanayotgani oshkor bo'ldi.

2-o'rin: DJ Xalid, Jastin Biber, Kuavo, "Chance The Rapper" guruhi va Lil Vain - "O'sha menman"

Xalidning o'g'ilchasi Asad syomka jarayonida ko'rinib, sakkiz oylik chaqaloq otasining sharofati bilan mashhur bo'lib ketgan edi.

1-o'rin: Luiz Fonsi, Jastin Biber va Dadi Yanki - "Befarqlik zavqi"

Bu qo'shiq Jastinning haqiqiy mehnat mahsuli. Bu ijrochilar Billboard yuzligidan mana yetti haftadirki tushgani yo'q. Qo'shiq reytingi hali hamon baland.

O'tgan oy Germaniyadagi festivalda Jastin "Yeezy" oyoq kiyimini to'da bo'lib turgan muxlislariga estalik uchun otib yuborgan edi. Uning bir poyi "Ebay"da auksionga qo'yilgan va narxi 8 ming dollarga chiqib ketgan. Chap poyi esa 10 ming dollar bilan kuzatuvchilar nazarida. Jastinning chap poy oyoq kiyimi ayni damda "Instagram" yulduzi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG