Oq uy: Afg'onistonni tashlab qo'ymaymiz

  • Amerika Ovozi

Kobul ko'chalarida

AQSh hukumatining bildirishicha, Afg'onistonga yordam to'xtamaydi. Vashington bu mamlakatda barqarorlik va farovonlikka erishish yo'lidagi harakatlarni davom ettiradi.

Prezident Donald Trampning Milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Maykl Flinn Kobul bilan muntazam aloqada.

Mudofaa vaziri Jim Mattis Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani bilan muloqotda va yaqin orada Kobulga safar qilishi kutilmoqda.

Afg'onistonning Vashingtondagi elchisi Hamdulla Mohib deydiki, Tramp ma'muriyati bilan hamkorlik allaqachon boshlangan va uning kengayishi shubhasiz. Terrorizmga qarshi kurashda bu ikki davlat bir yoqadan bosh chiqarib, yaqindan ishlaydi.

Vashington Afg'oniston iqtisodiyotiga alohida e'tibor qaratadi, deydi elchi Mohib, xususan konchilik sanoati va tabiiy boyliklarni rivojlantirishga.

Hilmand viloyati
Hilmand viloyati

Nyu-Yorkdan taniqli ekspert Barnett Rubin Oq uyning bu gaplariga ishonmaydi. Uning fikricha, Trampning Afg'onistonga qiziqishi juda past. Kobuldagi hukumat juda zaif va Vashington madadisiz u qulashi aniq, deydi Rubin, shu bois ham prezident Afg'onistondagi bir necha ming askarni hozircha vatanga qaytarmaydi.

“Tramp siyosati sabab AQShning dunyo va xususan Afg'onistondagi nufuzi pasayadi", - deydi Rubin.

Kobul-Islomobod aloqalari tarang. Afg'oniston Eron bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

Oq uy Xitoy, Rossiya va hatto Eron va Tolibon bilan ham Afg'oniston yuzasidan muloqot qilishi mumkin, deya taxmin qiladi siyosatshunos.

AQSh Afg'onistonda harbiy bazalarga ega bo'lishdan manfaatdor, deydi boshqa ekspertlar. Shunday ekan, bu zamindan Amerika zobitlari yaqin orada butkul chiqib ketmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG