Breaking News

Gavayi sudi Tramp qarorini to'sdi


Gavayidagi federal sud binosi
Gavayidagi federal sud binosi

AQSh Prezidenti Donald Trampning olti musulmon davlatdan odamlarni mamlakatga kiritmaslikka doir farmoni Gavayi federal sudi tomonidan to'sib qo'yildi.

Trampning qarori aynan bugun kuchga kirishi kerak edi. Prezident Oliy sudgacha kurashmoqchi.

Gavayi federal sudyasi Derrik Votson Trampning farmonini to'xtatdi. Tramp sudyani tanqid qilar ekan, Amerikani himoya qilish uchun mamlakatga kim kirish-kirmasligini prezident sifatida hal qilishga haqliman, demoqda.

"Xavf shundoq eshik qoqib turibdi. Qonunlar kerak. Farmonim shuni ko'zlaydi. Mamlakatning buzuq qonunlarini tuzatish uchun saylandim. Hukumat uzoq yillar zaiflashib, xalqni himoya qila olmay qolgan", - deydi prezident.

Gavayi prokurori Dag Chin olti musulmon davlatdan odamlarni kiritmaslikka doir farmon konstitutsiyaga zid ekani, musulmonlarni nishonga olishi va xorijlik talabalar, jumladan, Gavayi shtatining turizm sanoatiga ziyon qilishini sabab qilib, uni to'sishni so'ragan. Sudya Derrik Votson arzni qondirgan.

Tramp avval imzolagan farmonda Eron, Iroq, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman fuqarolari Amerikaga uch oy kelishi man qilingan edi. Prezidentning yangi qarorida Iroq yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG