Tramp: Saylovimizga kim aralashganini hech kim bilmaydi

  • Amerika Ovozi

Varshava, 6-aprel, 2017

Yevropada safarda yurgan Prezident Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqotda deydiki, 2016-yilgi prezident saylovlarida Rossiya aralashgani haqida gumonlarda jon bo'lishi mumkin. Lekin haqiqatni hech kim bilmaydi, deya qo'shadi u.

"Rossiya bosh suqqan bo'lishi mumkin yoki boshqa tomon, bilmaymiz. Hech kim aslida nima bo'lganini bilmaydi".

AQSh razvedkasiga ko'ra esa Putin boshchiligida Amerika demokratik tizimiga kiver-hujum qilingan. Jarayonni buzish, AQShni zaif sistema sifatida ko'rsatishga urinish bo'lgan, deya xulosa qilmoqda maxfiy xizmat idoralari.

Oldingi rahbar Barak Obama bu haqda bilgan lekin chora ko'rmagan, deydi Tramp, chunki u Hillari Klinton prezidentlikka saylanadi deb ishongan.

Tramp razvedka ma'lumotlari va tahlilini savol ostiga qo'yib, Amerika maxfiy xizmati o'tmishda ko'p xatolar qilgan, deydi. Iroqda ommaviy qirg'in qurollari bor degan xulosa asosida 2003-yilda urush boshlangan lekin ular topilmagan, deya eslatadi u.

Prezident fikricha Kreml qora ishlar bilan band ekani rost. Xalqaro masalalarni chigallashtirishda, o'z qudratini tiklash uchun mojarolarni o'z manfaati yo'lida qo'llashda Rossiya usta, deydi u.

So'nggi prezident saylovlari Amerikada 2016-yilning 8-noyabrida o'tgan
So'nggi prezident saylovlari Amerikada 2016-yilning 8-noyabrida o'tgan
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG