Breaking News

Musulmon amerikaliklar: Tramp nafrat urug'ini sochmoqda


Musulmonlar va Tramp
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00

Respublikachilar nomzodi Donald Trampning musulmonlarni malakatga kiritmaslik taklifi bu din vakillarini g’azablantirdi. Uning so'nggi haftalarda askar o'g'lini boy bergan amerikalik musulmon oilasi bilan tortishgani esa noroziliklarni yanada kuchaytirdi. Respublikachi milliarder musulmonlarni ajratmayotganini, faqat terrorizmdan xavotirda ekanini aytadi. Ammo tanqidchilarga ko'ra, uning qarashlari nafratga asoslangan.

Musulmonlar ijtimoiy tarmoqlarda Trampga qarshi faol kampaniya olib bormoqda.

Trampning musulmonlarni mamlakatga kiritmaslik taklifi ko'plab amerikaliklarni darg'azab qildi. Jumladan, Navid ismli amerikalik musulmonni.

“Hozirgi milliy muhit shundayki, xuddi biz barchamiz gavjum bir kinoteatrdamiz va kimdir yong’in deb hammani sarosimaga solmoqda”, - deydi u.

Ammo Tramp tarafdorlari musulmonlar orasida ham bor.

“Amerika xavfsizligi Donald Tramp uchun eng muhim masala. Men uchun amerikalik musulmon bo’lish shunday muhim”, - deydi Sajid Tarar ismli musulmon.

Nomzodning aytishicha, u terrorni va terror yetishtirayotgan davlatlarni nishonga olmoqda. Aslida u terrorni din bilan adashtirmoqda, deydi Husam Aylush ismli faol.

“Bunday qarash musulmonlarga qarshi kayfiyatni tabiiy qilib ko’rsatadi. Taniqli, ko’zga ko’ringan odamlar shunday desa, demak, bu mumkin ekan, deb o’ylashadi”, - deydi u.

Rafiq Ahmad 50 yil oldin Amerikaga Pokistondan kelgan.

“Amerikaliklarning aksariyati aqlli odamlar. Ular musulmonlarning bu o’lkaga qo’shgan hissasini tushunadi, deb umid qilaman”, - deydi u.

Kurd muhojiri esa hayotini qurbon qilgan musulmon askarning otasi kabi Amerika konstitutsiyasiga ishonishini aytadi.

“Qayerdanligingiz, kelib chiqishingiz, din va qabilangizning ahamiyati yo’q. AQSh Konstitutsiyasini hurmat qilsangiz, siz shu davlatga mansubsiz”, - deydi u.

Martda o’tkazilgan so’rovga ko’ra, musulmonlarning faqat 11 foizi Trampni qo’llab-quvvatlaydi. Ammo shundan beri ular soni yanada kamaygani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG