Jahon yetakchilari: Tramp Parij bitimidan chiqib xato qildi

  • Amerika Ovozi

Germaniyada tabiat muhofazasi uchun kurashuvchi faollar

Tramp ma'muriyati Parijda erishilgan iqlimga doir bitimdan chiqishga qaror qildi. Har xil davlatlar rahbarlari buni tanqid qilayapti.

Oq uyni namoyishchilar qurshab oldi. Parijdagi hokimiyat binosi esa yashil chiroqlar bilan yoritildi. Prezident Trampning iqlimga doir Parij kelishuvidan chiqish qaroriga javobdir bu.

Bu xalqaro bitimni imzolagan qariyb 200 davlat havoda zaharli gazlarni kamaytirishga, iqlimdagi salbiy o'zgarishlarning oldini olishga va'da qilgan.

Qo'shma Shtatlarni mazkur shartnomaga qo'shgan sobiq rahbar Barak Obama Trampning qarorini tanqid qilayapti.

Obamaning aytishicha, kelishuvga amal qilgan mamlakatlar ish o'rinlari va sanoatlar gurkirashidan naf ko'rishda davom etadi.

Fransiya rahbari Emmanuel Makron ham Trampga tanbeh berdi.

"Uning qarorini hurmat qilaman. Lekin bu yanglish qarordir. Ham Amerika, ham sayyoramiz uchun xato qaror".

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hafsalasi pir bo'lganini yashirmayapti.

"Jahon davlatlari iqlimdagi qo'rqinchli, salbiy o'zgarishlarni tan olgan holda 2015-yilda Parij bitimiga qo'l qo'ygan edi. Noyob imkoniyat edi bu", - deydi Stefan Duyarich, BMT rasmiysi.

Germaniya Kansleri Angela Merkel shartnomada qolish qarorini ta'kidlab, jahon davlatlarini ham shunga undadi.

Shu tariqa bugun Parij bitimiga faqat Amerika, Nikaragua va Suriya amal qilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG