Afg'onlar Trampning Riyodga safari haqida qanday fikrda?

  • Amerika Ovozi

Saudiya Arabistoni, 21-may, 2017

Amerika Qo’shma Shtatlari rahbari Donald Trampning Saudiya Arabistoniga safari Afg’onistonda qizg’in muhokamada. Pokiston hatto tilga ham olinmay, Eron va Rossiya tanqid qilingani salbiy hol, deydi afg’on sharhlovchilar.

Saudiya Arabistoni AQShning yordami va maslahatiga muhtoj. Rossiya, Eron va Suriya kabi dushmanlarini yengish uchun Riyodning Amerikaga murojaat qilishi zarur edi. Lekin, deydi kuzatuvchilar, Tramp bir tomondan Afg’onistonga foyda keltirishi mumkin, boshqa tomondan esa xavfsizlikka zararli qadamlar tashlamoqda. Tramp Afg’onistonga qo’shni Eronni tanqid qildi. Terroristlar uchun bag’rini ochgan Pokiston haqida gapirmadi. Saudiya Arabistoni Eron bilan zid aloqada. Pokiston Saudiya Arabistonining sobiq hamkori. Trampning siyosatda buni nazarda tutishi tabiiy edi, deydi ayrim ekspertlar.

“Tramp afg’on harbiylarini olqishladi. Ularni qahramonlar deya esladi. Lekin terroristlarni tarbiyalayotgan va ularni quvvatlab kelayotgan davlat - Pokistonni eslamadi. Bunga Pokistonning Saudiya Arabistoni bilan iliq aloqalari sababchi bo’lgan”,- deydi tahlilchi Ahmad Saidiy.

AQSh Afg’onistonga qo’shimcha askarlar jo’natar ekan, Eronga bosim oshmoqda. Bunday bir sharoitda afg’on rahbari hushyor turishi kerak.

“Qo’shnilarga mamlakatdan turib hech bir davlat ularga hujum qila olmasligni uqtirish lozim”,- deydi Faryob viloyatidan Ma’ruf Samar ismli ziyoli.

“Tramp Eron uchun Afg’onistonga ko’maklarini oshirishga, afg’on harbiylari qurol-aslaha bilan ta’minlashga, ularni tarbiylashga majbur. Bu vaziyat va ko’maklarni afg’on hukumati boshqarishi kerak. Eronning ham ishonchini qozonish, AQShning yordamlarini qo’lga kiritish, bu afg’on hukumati ishi”,- deydi Ma’ruf Samar.

Tahlilchi Asadulla Valvolijiy fikricha, agar Amerika afg’on zaminida sulh olib kelmoqchi bo’lsa birinchi bo’lib, Pokistonni terroristlarni nobud qilishga majburlashi lozim.

“Chunki Pokiston isyonchilar fabrikasidir”, - deydi Valvolijiy.

“Mushtarak manfaatlar mushtarak mavzularni o’rtaga qo’yadi. Arabiston va Amerika Eron va Rossiya himoya qilayotgan toliblarga qarshi jang qilishi mumkin. Agar bu toliblar nobud bo’lsa, Eron va Rossiyaning qo’li bu yerdan uziladi. Shunga ko’ra, vaziyat juda chigal”,- deydi tahlilchi.

“Vaziyat mavhumligiga qaramay savollarga vaqt javob beradi”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG