BMT xavfsizlik bo’limi delegatsiyalarni kutib olishga tayyor 

  • Amerika Ovozi

BMT Bosh Assambleyasi majlisi oldidan Nyu-Yorkda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Har yili bo'lgani kabi shahar namoyishchilarga to'la.

BMTning xavfsizlik bo’limi yillik Bosh Assambleyaga tashrif buyuradigan 193 a’zo mamlakat rahbarlari, delegatsiyalarni kutib olishga tayyor.

Panjara-to'siqlari bizning ishimizga halaqit bermaydi, deydi bu nuqtada yaqinda ish boshlagan mobil oshxona egasi.

“Mendan oldingi biznes egasi mijozlar ko’pligini aytgandi, Menimcha ham shunday”, - deydi sotuvchi.

Ammo yig'inda bosh mavzu - global xavsizlik. Janubiy Koreya po’pisasi ko’pchilikning fikri-xayolida.

Myanmadan Bangladeshga qochayotgan rohinja musulmonlari, ular qirg'inga uchrayotgani ham muhokama qilinadi.

Namoyishchilar Myanma rahbari Au San Su Chidan nega sukut saqlayapti, deb so'ramoqda.

“U insoniyligini yo’qotgan, butun dunyoni aldashga urinyapti. To’g’ri yo’l tutishini xohlaymiz. Biz uning ishlariga umuman qarshimiz”, - deydi rohinja huquqlari tashkilotidan Muhiddin Mumammad Yusuf.

Tanqidlar ketidan Au San Su Chi bu masala bilan band bo'lishini aytib, BMTga borish rejasini bekor qildi.

Davlat rahbarlari tinchlik va xavfsizlik masalalari, global rivojlanish haqida butun hafta muzokaralar olib boradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG