Koalitsiya "Islomiy davlat"ni siquvga olayapti

  • Amerika Ovozi

Iroq "Islomiy davlat" to'dasini Musul shahridan haydab solganini tantana qilmoqda.

Amerika va global ittifoqchilar vakillari uch kun majlis qilib, "Islomiy davlat" nomli radikal guruhga qarshi kurashni jadallashtirish haqida fikr almashdi. Vashingtondagi anjuman Iroqning Musul shahri ozod qilingani ketidan o'tkazildi.

Iroq "Islomiy davlat" to'dasini Musul shahridan haydab solganini tantana qilmoqda.

Radikal guruhga qarshi birlashgan sheriklar joriy hafta Iroq va Suriyaning boshqa shaharlarini jangarilardan xalos etish haqida gaplashdi. Og'ir janglar hali oldinda.

"Bosqichma-bosqich harakat qilayapmiz, jangarilarga bir qarich ham yer qolmasligiga ishonch hosil qilmoqchimiz", - deydi koalitsiyada AQSh vakili Brett Makgirk.

"Oxir-oqibat sulhlar yordamida fuqarolar urushiga barham berib, siyosiy murosa uchun sharoit hozirlashimiz kerak", - deydi u.

Endi maqsad ozod qilingan hududlarda tinchlik qaror toptirib, gumanitar yordam ta'minotini yo'lga qo'yish.

"Oddiy aholi shaharlarga qaytib tinch hayot kechirishi uchun muhit yaratish ustuvor vazifamiz", - deydi Makgirk.

Ekspertlarning aytishicha, ajnabiy jangchilar oqimi va ekstremistlar targ'ibotini kesish uchun ko'proq moliya zarur.

Qo'shma Shtatlar shu haftda Iroqqa qo'shimcha 119 million dollar ajratishini ma'lum qildi. 2014-yildan beri Amerika Iroqqa 1,4 milliard dollarlik yordam uzatgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG