Iroq: Musul shahri "Islomiy davlat" dan ozod

  • Amerika Ovozi

Bosh vazir Haydar al-Abadiy Musulda

Iroq armiyasi Musul shahrini boy bergan "Islomiy davlat" jangari guruhi ustidan g'alaba e'lon qildi. Harbiy operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini nishonlash uchun Bosh vazir Haydar al-Abadiy shaxsan o'zi shaharga borgan.

Biroq Musulda hanuz otishma va havo hujumlari davom etmoqda. Ayrim qishloqlarni jihodchilardan tozalash uchun Iroq armiyasiga koalitsiya kuchlari havodan yordam berib turibdi.

Musul - "Islomiy davlat" 2014-yilda bosib olgan eng katta shaharlardan. So'nggi uch yilda taxminan 900 ming odam u yerni tark etgan.

Jangarilar Musulning Dajla daryosi bo'yidagi kichik bir hududigacha siqib chiqarilgan ekan, Iroq rahbariyati ular yengilmoqda, deb o'tgan hafta mobaynida bir necha bor bayonot bergan edi. Ammo Musul tortib olinishi "Islomiy davlat" yo'q bo'ldi degani emas. Iroqda bir necha shahar hamon guruh nazoratida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG