Breaking News

AQShda xitoylik sayyohlar ko'paymoqda


Xitoylik sayyohlar/Chinese tourists in US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Xitoylik sayyohlar/Chinese tourists in US

So’nggi yillarda AQShga keladigan turistlar orasida xitoyliklar ko’paymoqda. Bu esa iqtisod uchun foyda. Shu bois amerikalik tadbirkorlar ham xitoylik sayyohlar ko’nglini ovlash bilan band.

Los-Anjelesga borgan kishi ko’plab kinostudiyalarni, Gollivudning Shuhrat Yo’lagidagi yulzudlarni hamda son-sanoqsiz xitoylik sayyohlarni ko’radi.

“Qo’shma Shtatlar shaharlaridan aynan Los-Anjelesga boshqa joylarga qaraganda ko’proq xitoyliklar keladi,” - deydi Los-Anjeles Turizm kengashi a’zosi Mark Liberman.

Unga ko'ra, Xitoydan bu shaharga kelayotgan sayyohlar soni yildan-yilda ko’payib bormoqda. Odatda ular San-Fransisko, Nyu-York va Vashingtonni ham borib ko’radi. O’tgan yilda 1 milliondan ziyod xitoylik AQShga sayohatga kelgan, deydi iqtisodchi Ferdinando Guerra:

“2010-yilga qaraganda 2011-yilda 40 foizga oshdi”.

Los-Anjelesdagi “Shayn Turs” turistlar agentligi prezidenti Jozef Chi ham
Xitoydan kelayotgan sayyohlar soni bu yil qariyb 30 foizga oshganini aytadi:

“Xitoy pasporti sohiblari bir kunmas-bir kun Qo’shma Shtatlarga tashrif buyurishni orzu qilgan”.

Xitoy iqtisodi o’sgan sari o’rtahol oilalar, ya’ni chet elga sayohat qilishga qurbi yetadiganlar ko’paymoqda. Liu Vey Yi shundaylardan:

“AQSh poydevori mustaqillik va raqobat bo’lib kelgan. Bu yerga kelib, o’z ko’zim bilan bir ko’ray, dedim”.

Amerikani ko’raman degan xitoyliklar azaldan ko’p. Lekin shu yil boshida AQSh hukumati viza olishni osonlashtirganidan keyin sayyohlar soni ancha ko’paydi, deydi “Universal” studiyasi xodimi Stiven Chou:

“Men o’zim va Gollivuddagi “Universal” studiyasini oladigan bo’lsak, biz xitoylik mehmonlarni yaxshilab kutib olish va sayohat qildirish niyatidamiz”.

Bu maqsadda studiya xitoy tilida turlar tashkil qilgan. Xitoy tilidagi xaritalarni ham shu yerdan topasiz.

“Universal” studiyasi restoranlarida gamburger va qovurilgan kartoshkadan tashqari Xitoy taomlarini ham buyurish mumkin.

“Montage Beverly Hills” mehmonxonasida xitoy choyi, xitoy tilida yozilgan kartochkalar va bu tilda gapiradigan xodimlar sayyohlarga muntazir.

Mehmonlarning ko’pi eng mashhur va qimmat butiklar joylashgan Rodeo Drayv ko’chasida xarid qiladi, deydi bosh menejer Xermann Elger.

“Rodeodagi hamkorlarimizning aytishicha, bu yili sotuvchilarning eng katta qismi - xitoyliklar”.

“Xitoyliklar Kaliforniyadagi boshqa turistlarga qaraganda ikki baravar ko’proq pul sarflaydi.

Xitoylik sayyohlar deb AQSh iqtisodi yiliga milliardlab dollar foyda ko’ryapti. Bu esa amerikaliklar uchun yangi ish joylari degani. 2016-yilga borib Xitoydan AQShga keladigan turistlar soni ikki baravar oshadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG