Amerika bo'ylab minglab immigrant hujjatlarini yangilamoqda

  • Amerika Ovozi

Amerikaga bolaligida olib kelingan, shu yurtda ulg’aygan immigrantlar hujjatlarini yangilashi uchun oxirgi muddat - 5-oktabr. Ulgurmaganlar ishlash huquqidan ayriladi va deportatsiya bilan yuzlashishi mumkin.

Kongressda demokratlar muddatni uzaytirishni so’ramoqda. Ichki xavfsizlik vazirligining bildirishicha, ishlash uchun ikki yillik ruxsatnomani yangilash uchun 100 ming kishi ariza topshirgan.

O’tgan oy Tramp ma’muriyati noqonuniy muhojirlarni himoya qiluvchi dastur tugatilishini e’lon qilgan edi.

Biz amerikalikmiz, vatanimiz shu yer deyayotgan yuzlab immigrantlar kuni-kecha Kapitoliyga yo’l olib, qonunchilardan yordam so’radi.

"Xavotir olmang", deya ishontirdi senator Linzi Grem. "Sizlarga Amerikada ishlash va yashash huquqini bergan programma uzaytirilishini Kongressda ko’pchilik qo’llab-quvvatlaydi. Siz o’z oldingizga qo’ygan maqsad va orzularga biz tilakdoshmiz".

DACA deb ataluvchi dastur Obama prezidentligi davrida boshlangan. Tramp uni tugatmoqchi.

“Menga o’xshaganlar Amerikada 800 mingni tashkil etadi”, - deydi bu mamlakatga 5 yoshida olib kelingan Mariya Praeli. “Kelajigimiz mavhum. Bizni tekshirishgan, barcha ma’lumotni hukumatga berganmiz”".

Respublikachilar deydiki, noqonuniy muhojirlarni deportatsiyadan saqlovchi, Obama imzolagan farmon noqonuniy. Masalani Kongress hal qilishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG